Huawei hali taqdim etmagan Mate 30 Pro flagmani ilk «jonli» suratlar va rasmiy videoda!

  •   DiMaX
  •  1945
  •  12.07.2019 17:57

Huawei hali taqdim etmagan Mate 30 Pro flagmani ilk «jonli» suratlar va rasmiy videoda!

AQSh tomonidan sanksiyalar sababli biroz qiyin ahvolga tushib qolgan esa-da, Huawei o‘z ishlanmalarini susaytirgani yo‘q. Jumladan, kuzda u yangi flagman smartfonlari bilan birga o‘z operatsion tizimini ham taqdim etishi mumkin.

O‘QING: AQSh va Xitoy yarashishyapti: boj joriy qilinmaydi, Huawei afv etiladi, ammo...

Shulardan biri – yangi turkumning eng zo‘r flagmani Huawei Mate 30 Pro bo‘ladi. Hindistonlik mashhur insayder Mukul Sharma bugun uning ilk «jonli» suratlarini internetga chiqardi.

Suratga ko‘ra, Huawei Mate 30 Pro ekranining yuqori qismi o‘rtasida keng kemtik bor – unda old kamera va yordamchi datchiklar joylashadi. Chekkalari qayrilgan displeyning umuman romi yo‘q – ekranning o‘zi korpusning yonlarini yopib turibdi.

Mazkur flagmanning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri takomillashtirilgan bosh kamerasi bo‘ladi. Uning uchun optikani nufuzli Leica kompaniyasi tayyorlagan.

Huawei Mate 30 Pro kamerasi to‘rtta modulni o‘z ichiga oladi; ularning ob’yektivlarida qabariq bo‘lmagan linzalar qo‘llanadi. Sensorning maksimal tasvir aniqligi esa 40 megapikselni tashkil etadi.

O‘QING: Huawei bosh direktori: «HongMeng nafaqat Android, balki hatto iOS’dan ham zo‘r!»

Quyida ushbu flagmanga bag‘ishlab Huawei tayyorlagan rasmiy treylerni tomosha qilamiz:

Huawei Mate 30 Pro turkumi shu yil kuzda namoyish etiladi. Kompaniyaning O‘zbekistonda rasmiy kafolat bilan sotilayotgan smartfonlarini esa 1 059 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Huawei Uzbekistan» haqida siz bilmagan faktlar!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!