Huawei «har jihatdan eng zo‘r» Mate X buklama smartfonini taqdim etdi! Ayniqsa, narxi... (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  4570
  •  25.02.2019 10:11

Huawei «har jihatdan eng zo‘r» Mate X buklama smartfonini taqdim etdi! Ayniqsa, narxi... (+«jonli» video)

Xabaringiz borki, Samsung kompaniyasi 20 fevral kuni Galaxy Fold rusumli bukiluvchi smartfonini rasman namoyish etgandi. Uning asosiy raqibi – xitoylik texnogigantning Huawei Mate X modeli esa 24 fevralda taqdim qilindi.

O‘QING: Nihoyat, Samsung ikki ekran va olti kamerali Galaxy Fold buklama smartfonini taqdim qildi! (+video)

Xitoyliklarning buklama smartfoni yupqa korpusda bo‘lib, bittagina ekranga ega, bukilganida u tashqi tomonida qoladi.

Mate X yig‘ilgan holatida foydalanuvchi 6.6 dyuymlik ekrandan foydalana oladi. 25:9 nisbatli ushbu displey uch tomonidan minimal hoshiyalar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Qurilma yoyilganida esa deyarli kvadrat shakldagi – tomonlari o‘zaro 8:7 nisbatli, 8 dyuymlik displey yuzaga keladi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, ular qayishqoq displeyga va yuzdan ortiq unsurlardan iborat sharnirga ega smartfon tayyorlash uchun «fizika qonunlariga qarshi chiqishgan». Mate X ochilgan holatida uning korpusi qalinligi atigi 5.1 millimetrni, yopilgani shaklida esa – 11 millimetrni tashkil etadi. Chetlaridan birida sal bo‘rtib chiquvchi panel bor – unga quvvatlash porti, barmoq izi skaneri hamda apparat qismi joylangan.

Mana, ushbu inqilobiy devaysni «jonli» videoda ko‘ramiz:

Devaysning ekranini ikkiga bo‘lish mumkin, displeyda bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovani ishga tushirsa bo‘ladi. Bundan tashqari, displeyni yoyganda avtomatik tarzda dastur interfeysi ham shunga moslashib oladi.

Mate X modelida «dunyodagi eng qudratli» 5G-modem – Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lgan Balong 5000 qo‘llangan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, u barcha raqiblaridan kuchli bo‘lib, uyali aloqa tarmog‘ida mumkin bo‘lgan eng yuqori tezlikni ta’minlay oladi. Taqqoslash uchun: Snapdragon X50 modemi 2.4 Gbit/soniya tezlikda ma’lumot almasha olsa, Balong 5000’da bu ko‘rsatkich 4.6 Gbit/ssoniyagacha boradi!

O‘QING: Huawei rekord darajada tezkor 5G-modem hamda 5G-router namoyish etdi

Yangi buklama smartfonning avtonomligini 4500 mA/soatlik akkumulyator ta’minlaydi. Huawei ushbu batareyani rekord darajadagi tezkorlikda to‘ldiruvchi yangi texnologiyani ham taqdim etdi – naq 55 vattlik quvvatda!

Huawei Mate X faqat bitta konfiguratsiyada taklif etiladi: qora korpus, 8 gigabaytlik tezkor va 512 gigabaytlik doimiy xotira. Kompaniya uni joriy yilning o‘rtalarida sotuvga chiqaradi, narxi ham «eng zo‘r» – naq 2299 yevro! Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ushbu kompaniyaning turli smartfonlarini 825 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayni kunlardagi aksiya doirasida esa ushbu xaridingiz o‘zingiz uchun yanada manfaatli bo‘ladi!

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!