Huawei Honor Band 3 – «suvdan qo‘rqmas» smart-bilaguzuk! (+video)

  •   DiMaX
  •  1245
  •  20.06.2017 18:16

Huawei Honor Band 3 – «suvdan qo‘rqmas» smart-bilaguzuk! (+video)

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Honor 9 smartfoni taqdimotida Huawei kompaniyasi o‘zining bir qator yangi «aqlli» qurilmalarini ham namoyish etdi. Ular orasida Honor Band 3 smart-bilaguzugi alohida e’tiborga loyiq.

«Aqlli» bilaguzuk maxsus algoritm bo‘yicha yurakning qisqarishlari chastotasini uzluksiz tahlil etib borishi mumkin. Shuningdek, Honor Band 3 uyquni monitoring qilish uchun Huawei True Sleep texnologiyasini qo‘llaydi.

Devaysning old tomonida joylashgan 0,91 dyuymlik ekran qo‘lni yuqoriga ko‘tarish bilan faollashish funksiyasiga ega. Biroq Honor Band 3’ning qiziq xususiyati – uning dushda, basseynda va yomg‘ir ostida ham bemalol ishlay olishidir.

Ushbu qurilma quvvatlashsiz 30 kungacha, yoki pulsomerdan faol foydalanish rejimida 10 kun xizmat qiladi. Ta’bga ko‘ra, qora, ko‘k yoki apelsin rangli tasmachali bilaguzukni tanlash mumkin.

Honor Band 3 «aqlli» bilaguzugini mana bu havola orqali o‘tib, Aliexpress onlayn bozoridan xarid qilish imkoni mavjud, uning narxi 44.06 AQSh dollariga teng.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!