Huawei ikki oy ichida 7 milion dona Mate 30 smartfonlarini sotdi

Huawei ikki oy ichida 7 milion dona Mate 30 smartfonlarini sotdi

Kecha Huawei kompaniyasi katta taqdimot marosimi o‘tkazib, unda MatePad Pro plansheti va Sound X aqlli karnayini taqdim qildi.

Marosimda so‘zlagan nutqida kompaniya Bosh ijrochi direktori Richard Yu ikki oy ichida 7 million donadan ortiq Mate 30 oilasi smartfonalari sotilganini qayd etib o‘tdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi Mate 20 lineykasi savdolariga qaraganda 75% lik o‘sish demakdir. 

Mate 30 seriyasi asosan Xitoyda sotiladi, Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari do‘konlaridan ham topish mumkin. Kompaniya oxirgi bir yil ichida tushib qolgan vaziyatni inobatga olsak, ikki oy ichida 7 millionlik natija juda ham katta muvaffaqiyatdir.

Ma’lumot uchun, bu oilaga Huawei Mate 30, Huawei Mate 30 Pro, Huawei Mate 30 5G, Huawei Mate 30 Pro 5G va Huawei Mate 30 RS Porsche Design smartfonlari kiradi.

O‘QING: "Apple, chetga o‘t!": Huawei yangi flagman taqdim etdi (+fotogalereya)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.