Huawei Kirin 1000 chipi ustida ishlayotgani xabari berilmoqda

Huawei Kirin 1000 chipi ustida ishlayotgani xabari berilmoqda

Huawei Central sayti sanoat ichidagi manbalarga tayangan holda e’lon qilgan eng so‘nggi xabarga ko‘ra, Huawei keyingi avlod Kirin protsessori ustida ishlamoqda.

Kirin 1000 deb nomlanishi taxmin qilinayotgan ushbu SoC kompaniyaning 5 nanometrli protsessor asosiga qurilgan ilk chipi bo‘lib, 2020-yilning ikkinchi yarmida taqdim qilinishi aytilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Huawei chipni sinov tariqasida ishlab chiqarishni boshlab yuborgan. Kirin 1000'da A77 arxitekturaviy yadrolardan foydalanishi kerak (990 chipida A76'dan foydalanilgan). Yangi chip hozirgi protsessorlarga qaraganda yanada tez ishlashi va kamroq quvvat sarflashini kutish mumkin. Kirin 990 kabi Kirin 1000 ham 5G chip bo‘lishi aniq.

Huawei Mate 30 Pro

 

Kirin 990 Mate 30 lineykasida debyut qilinganidan kelib chiqib aytish mumkinki, Kirin 1000 ilk marotaba Mate 40 seriyasiga o‘rnatiladi. Yangi protsessor, shuningdek, Da Vinci neyral protsessorining keyingi avlod sun’iy ongiga ega bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda.

O‘QING: "Xitoycha muvaffaqiyat" haqida bilmasligingizni bilmaganlaringizni bilib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.