Huawei kutilmaganda yana bir taqdimotga taklifnoma tarqatmoqda

Huawei kutilmaganda yana bir taqdimotga taklifnoma tarqatmoqda

Huawei kompaniyasi shu kunlarda Mate 10 mobil aloqa vositasini taqdim qilishga jiddiy kirishgan. Bir necha kunlardan so‘ng, ya’ni 16 oktyabrda Myunxenda mazkur devaysning namoyishi bo‘lib o‘tadi.

6,2 dyuymli diagonalli va old panelni deyarli egallab olgan, 2160 × 1080 pikselli ekrani, Leica'ning 20 hamda 23 megapikselli sensorlari birikmasidan iborat bosh kamerasi, shuningdek ilg‘or Kirin 970 protsessoriga ega smartfon jahonning eng ilg‘or smartfonlari bilan raqobatga kirishadi.

Biroq, Huawei kuni kecha boshqa bir taqdimot uchun ham taklifnoma tarqatmoqda. Unga ko‘ra kompaniya "merosxo‘ri" bo‘lgan Honor brendi 5 dekabrda Londonda Mate 10'ning "davomchisi" bo‘lgan keyingi flagmanini taqdim qiladi.

Taklifnomada ifoda etilishicha, romsiz Honor smartfoni ham "qo‘sh ko‘zli" bo‘ladi. 5.7 dyuymli Honor V10 deb taxmin qilinayotgan smartfon ham "sun’iy ong" tizimiga ega Kirin 970 chipida ishlaydi. 2018 yildan sotuvga chiqadigan gadjetning eng arzoni 520 AQSh dollariga baholanishi taxmin qilinmoqda.

Kirin 970 10 nanometrli texnik jarayonda ma’lumotlarni qayta ishlaydi hamda 8 ta protsessor yadrosiga ega: 4xCortex-A53 (1,8 GGs) hamda 4xCortex-A73 (2,4 GGs). Uning uchun 12 yadroli Mali-G72 MP12 video-kartasi, LTE Cat.18 modemi ishlab chiqarilgan. Chipdagi bosh o‘ziga xoslik -- neyronli protsessor blokining mavjudligidir. Bu blok samaradorlikni avvalgidan 25 foizga oshirib, quvvatni 50 foizga tejaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.