Huawei Mate 9 Pro metall korpus va Quad HD ekranga ega bo‘ladi

Huawei Mate 9 Pro metall korpus va Quad HD ekranga ega bo‘ladi

Venturebeat resursida kuni kecha tez orada taqdimoti kutilayotgan Huawei Mate 9 Pro flagmaniga tegishli bir nechta yuqori sifatli suratlar e’lon qilindi.

Smartphone.ua nashrining ma’lum qilishicha,  Huawei kompaniyasining navbatdagi flagmaniga 8 yadroli Kirin 960 protsessori, 4/6 GB tezkor xotira va 64/128 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Fablet gibrid slot (nanoSIM + nanoSIM/microSD) bilan jihozlanadi, sig‘imi 4000 mA/s bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi, shu bilan birga, unda NFC-chip, VoLTE, WiFi 802.11ac (2.4/5 GGs), Bluetooth 4.2 LE va GPS interfeylari ko‘zda tutiladi.

Huawei Mate 9 Pro metall korpus bilan o‘raladi, barmoq izi skaneri, Leica Summarit qo‘sh kamerasiga ega bo‘ladi. Modelga 2,5D shisha bilan himoyalangan yon ekranli Quad HD aniqligidagi 5,9 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Qurilma Android 7.0 Nougat dasturida ishlashi ma’lum qilingan.

Huawei Mate 9 va Huawei Mate 9 Pro flagmanlarining taqdimoti 3 noyabr kuni Germaniyaning Myunxen shahrida o‘tkaziladi. Hozircha modellarga qarashli narxlar haqida aniq ma’lumot mavjud emas.