Huawei MateBook D 14" noutbuki nega AMD Ryzen protsessorini oldi?

  •   Saroy
  •  679
  •  07.06.2018 15:15

Huawei MateBook D 14

Tayvanda yirik Computex 2018 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda Xitoyning Huawei kompaniyasi ham IT sohasida qo‘lga kiritgan so‘nggi yutuqlarini ishtirokchilar e’tiboriga havola etmoqda. Ayniqsa, MateBook D deb nomlanuvchi noutbukning yanada ixcham versiyasi ko‘rgazma ishtirokchilarining  alohida qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Qurilma  AMD Ryzen gibridli protsessor bilan jihozlangan.

Yangi Huawei MateBook D 1920x1080 pikselli Full HD  formatidagi 14-dyuymli IPS-displey bilan ta’minlangan. Agar 15.6-dyuymli model Intel chiplari asosida bo‘lsa, bu modelda APU AMD Ryzen 5 2500 qo‘llanilmoqda. U moslashtirilgan  Radeon Vega 8 grafikasida. Tezkor xotirasi 8 GB, shuningdek, yanya  256 GB li Samsung xotira saqlagichi ham o‘rnatilgan.

O‘QING: Huawei’ning ilk egiluvchan smartfoni: ekrani qanday bo‘ladi?

Interfeyslardan ikkita  – USB 3.0, USB Type-C (quvvatlantirish uchun ham foydalaniladi) portlari ishlatiladi, HDMI va 3.5-mm  garnitur uchun qismlarga ajratilgan.  Wi-Fi 802.11ac 2x2 va Bluetooth 4.2  bilan qo‘llab quvvatlanuvchi Intel 8265 simsiz adapteri.  57.4 Vt soatli akkumulyator qurilmaning 12 soat davomida  ishlashini ta’minlaydi.  Dolby Atmos audiotizimi esa to‘rtta dinamikni qo‘shadi. Qalinligi 15.8 mm bo‘lgan noutbukning og‘irligi 1.45 kg.

14-dyuymli Huawei MateBook D’ning savdoga   chiqish sanasi va qancha turishi haqida kompaniya sukut saqlamoqda. Lekin, ushbu noutbuk 15,5 dyuymli versiyasi ($800+) dan arzon turishi, turgan gap.

Yaqinda Xitoyda  AMD Ryzen 5 2500 Honor MagicBook noutbuki 625 dollarlik  narx bilan savdoga chiqarilgan edi. Solishtiradigan bo‘lsak: NVIDIA GeForce MX150 grafikali Intel chipi o‘rnatilgan model kamida 750 dollar turadi.

O‘QING: Huawei’ning bizga ma’lum bo‘lmagan plansheti sertifikatsiyadan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.