Huawei’ning yana bir «to‘rt ko‘zli» smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1110
  •  07.02.2018 12:13

Huawei’ning yana bir «to‘rt ko‘zli» smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

Xitoyning telekommunikatsiya sohasida guvhonoma beruvchi TENAA tashkiloti saytida kecha paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, Huawei kompaniyasi to‘rtta kameraga ega smartfon tayyorlamoqda. Bu – o‘tgan yilning oxirida taqdim etilgan romsiz Honor 7X’ning nisbatan hamyonbop talqini bo‘lmish Honor 7C modeli, deya taxmin qilinmoqda.

O‘QING: CES 2018: Honor'ning "flagmanlar kushandasi" sotuvga chiqarildi

Shu bilan birga, Honor 7X’dan farqli ravishda, hali taqdim etilmagan bu smartfonning asosiy kamerasi ham, old kamerasi ham ikkitadan datchikka ega.

TENAA bazasida ushbu yangi smartfon LND-AL30 modeli sifatida ro‘yxatga olingan. Afsuski, qurilma haqida birorta ham ma’lumot berilmagan, faqat mana shu ikkita surati taqdim etilgan. Xuddi Honor 7X modelidagi kabi, Honor 7C ekranining ham tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda.

Allaqachon TENAA saytida «ko‘ringani»ga qaraganda, Huawei bu smartfonini ham tez orada rasman namoyish etsa kerak.

O‘QING: Huawei muxlislari uchun yoqimli sovg‘a tayyorlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!