Huawei Nova Lite: metall korpusli hamyonbop taqdim qilindi

Huawei Nova Lite: metall korpusli hamyonbop taqdim qilindi

Huawei kompaniyasi boshlang‘ich darajali Nova Lite 2017 smartfonini taqdim qildi. Narxiga ko‘ra, uning jihatlari arzon smartfonlarnikidan farq qilmaydi.

Eng zarur jihatlarga ega

Huawei Nova Lite 2017 5 dyuymli HD-displey (1280x720 pikselli) va 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 425 chipsetiga ega bo‘lgan. Operativ xotira sig‘imi 2 gigabaytli, doimiy xotira — 16 GB (microSD va 2-SIM karta bo‘lmachasi bitta).

Bosh kamera moduli 13 megapikselli, unda tezkor fazali avtofokus funksiyasi mavjud. Old modulga 5 megapikselli sensor o‘rnatilgan.

Huawei Nova Lite 2017 metall korpusining orqa paneliga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Smartfon Android 7.0'ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Huawei Nova Lite 2017 kuch-quvvati uchun sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lib, to‘liq quvvat 4G LTE tarmog‘ida faol foydalanganda 12 soatga, o‘rtacha foydalanganda 2 kunga yetadi.

Bahosi va raqiblari

Huawei Nova Lite 2017 jahon bozorida $200 dollar bahosida sotiladi. Bu pulga esa Huawei Honor 6C yoki 8 yadroli Xiaomi Redmi 4X ham xarid qilish mumkin.