Huawei o‘rta narxli P10 Lite'ni 100 dollarga arzonlashtirdi

Huawei o‘rta narxli P10 Lite'ni 100 dollarga arzonlashtirdi

Shu yilning mart oyida Huawei P10 Lite smartfonining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Taqdimotda smartfonning boshlang‘ich talqini $350 dollarga baholangani e’lon qilingan edi. Kompaniya oradan 8 oy o‘tib gadjetning narxini pasaytirishga qaror qildi. Endi Huawei P10 Lite deyarli $100 dollarga arzonlashib, hozirda uning narxi $255 dollarga etib belgilangan.

Ekspertlarning fikricha, bu Huawei tomonidan amalga oshirilgan ma’qul qaror bo‘lib, brendning o‘rta narxli smartfonlar bozoridagi muvaffaqiyati uchun juda muhim.

Qolaversa, "Lite" turkumida smartfon taqdim qilishni odat qilgan kompaniya 2018 yilda Huawei P11 bilan birga, P11 Lite'ni ham taqdim qilsa ajab emas. Kompaniyaning P10 Lite narxiga kiritgan o‘zgarishlari kompaniyaning bozorda yangi qurilmalarga joy hozirlayotganidan dalolat berishi ham mumkin.

Huawei P10 Lite'ning texnik jihatlari:
Korpus: orqa paneli shishadan, metall sinch;
Ekran: 5,2 dyuym, sig‘imi Full HD (1080x1920);
Protsessor: Kirin 658, 8 yadroli, chastota tezligi 2.1 Ggs;
Tezkor xotira: 3 Gb;
Doimiy xotira: 32 Gb, microSD orqali kengaytirish mumkin;
Akkumulyator: 3000 mA soat, SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi;
Bosh kamera: 12 Mp, diafragma f/2.2;
Old kamera: 8 Mp.