Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda

  •   DiMaX
  •  2131
  •  24.03.2018 11:46

Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda

Dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozi o‘zining Huawei P20 Pro hamda P20 Pro qurilmalarini taqdim etishiga sanoqli kunlar qoldi. Bu devayslarni reklama qilishda xitoylik kompaniya o‘z raqobatchilari – Samsung hamda Apple’ning jig‘iga tegishga qaror qilgan ko‘rinadi.

O‘QING: Apple 20 yil avval raqiblari ustidan qanday kulgandi? (3 ta video)

Gap shundaki, Huawei kompaniyasi Buyuk Britaniyada g‘ayrioddiy reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. U naq Samsung hamda Apple kompaniyalarining Londondagi rasmiy do‘konlari oldida to‘xtab turuvchi yuk mashinalarini o‘z reklama bannerlari bilan bezatgan.

Ko‘rib turganingizdek, bannerlarda «Kutib turing», «Sabr qiling» mazmunidagi so‘zlar yozilgan va 2018 yilning 27 mart sanasi tushirilgan. Bilamizki, Huawei P20 hamda P20 Pro smartfonlari aynan shu kuni rasman namoyish etiladi. Shuningdek, reklamalarda «AI» («Artificial Intelligence» – «sun’iy ong») harflariga alohida urg‘u berilgan; Huawei bu bilan o‘z flagmanlaridagi «sun’iy idrok» tizimiga e’tibor qaratmoqchi.

O‘QING: Asus Apple'ni masxara qilgani uchun qoralandi

Bulardan tashqari, bevosita Samsung va Apple do‘konlariga kiriladigan yo‘laklarda va boshqa joylarda ham yerga graffiti tarzida reklama yozuvlari tushirilgan. Ularda yangi «Uyg‘onish davri» tez orada boshlanishiga ishora qilingan, Huawei logotipi tushirilgan va P20 taqdimot sanasi aks ettirilgan. Bu bilan esa xitoylik texnogigant yangi flagmanlarining fotosuratkashlik imkoniyatlariga urg‘u berayotir.

Aytish kerakki, ishlab chiqaruvchilar o‘z reklamalarida raqiblarini mayna qilishi – kam bo‘lsa-da uchrab turadigan holat.

O‘QING: Samsung ham iPhone foydalanuvchilarini masxara qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!