Huawei o‘zining Watch GT aqlli soatini rasman namoyish qildi

  •   Saroy
  •  475
  •  17.10.2018 12:32

Huawei o‘zining Watch GT aqlli soatini rasman namoyish qildi

Huawei bugungi taqdimotida nafaqat uchta yangi flagmanini, balki aqlli soatini ham namoyish qildi. Soat uch variantda taqdim etilmoqda.

Gadjet 1,39-dyuymli AMOLED-displeyga (454x454 formatli) va   Cortex-A4 protsessoriga ega, shuningdek soat  5ATM suv o‘tkazmaydigan reytingini ham oldi. Oddiy datchiklarga to‘ldiruvchi sifatida (akselerometr, giroskop va kompas), yangi qurilma  GPS va atrof yorug‘ligi datchiklari hamda atmosfera bosimi va yurak urishini ko‘rsatuvchi optik monitor bilan jihozlandi.

O‘QING:Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Akkumulyatorining sig‘imi 420 mAch. Huawei’ning ta’kidlashicha, akkumulyator gadjetning soat rejimida mustaqil ravishda 30 kun ishlashini ta’minlaydi. Agar “standart”li ravishda ishlatilsa ikki hafta,  GPS rejimida 22 soat ishlaydi. Soatning to‘liq quvvatlanishi uchun ikki soat kerak bo‘ladi.

Sotuvga tashqi versiyasi soddalashtirilgan Sport soatlari chiqariladi. Uning narxi 199 yevro turadi. Klassik dizaynda tayyorlangan model uchun esa, 249 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi, deyiladi mazkur xabarda. 

O‘QING:Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!