Huavei P Smart 2019 qanday smartfon: tahlil va tavsif

Huavei P Smart 2019 qanday smartfon: tahlil va tavsif

O‘tgan yil yozida Huavei kompaniyasi arzon P Smart smartfonini taqdim etdi. Ajoyib texnik jihatlari va uncha qimmat bo‘lmagan narxi mutanosibligi sharofati bilan u foydalanuvchilar o‘rtasida qisqa vaqtlarda ommalashdi. Yil so‘ngida esa Xitoy ishlab chiqaruvchisi uning keyingi avlodini namoyish etdi. Huavei P Smart 2019 smartfoni avvalgi model muvaffaqiyatlarini takrorlay oladimi?

Huavei P Smart 2019 – avvalgi P Smart modelidan dizayni, yanada zamonaviy ko‘rinishi va bir qator jihatlari bilan ajralib turadi. Quyida mazkur smartfonga oid barcha qiziqarli va foydali ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Texnik jihatlari

  • Platforma: Android 9 (EMUI 9.0.1)
  • Protsessor: HiSilicon Kirin 710 (4 yadroli Cortex-A73 - 2,2 GGs va 4 yadroli Cortex-A53  1,7 GGs gacha, GPU — Mali-G51 MP4)
  • Tezkor xotira: 3 GB
  • Doimiy ichki xotira: 32 GB
  • Xotirani kengaytirish bo‘lmachasi: microSD/HC/XC (512 GB gach)
  • Displey: 6.21 dyuym, 2340x1080 piksel (FullHD+), LTPS LCD, tomonlar mutanosibligi 19:9
  • Interfeyslar: Vi-Fi a/b/g/n/ac DualBand, Bluyetooth 4.2 (A2DP, BLE, HVA, aptX/aptX HD), NFC
  • Orqa foto-modul: 13MP + 2 MP, f/1.8 diafragma, fokus masofasi 27 mm
  • Old kamera — 13 MP, f/2.0 diafragma, fokus masofasi 24 mm
  • Tarmoq: 2G: 850/900/1800/1900 MGs 3G: B1/B8 MGs 4G CAT 6: B1/B3/B7/B8/B20 Ikkita SIM-karta
  • Navigatsiya: GPS/AGPS/GLONASS/BeiDou
  • Akkumulyator: olinmaydigan, Li-Pol 3400 mAs, Huavei 5V/2A, 100 quvvat uchun 2,5 soat
  • Rang: qora, ko‘k
  • O‘lchamlari: 155.2 x 73.4 x 7.95 mm, 160 gramm
  • Korpus materiali: shisha, plastik

Dizayn va ergonomika

Huavei P Smart 2019 avvalgi Huavei P Smart modeliga nisbatan butunlay boshqacha ko‘rinadi – romlari ancha ingichka, yuqorisida tomchisimon qirqim mavjud, orqa tomoni esa (yon tomonlari bilan bir butunlik hosil qilgan) oynasimon plastik bilan to‘liq qoplangan.

Model ikki xil rangda - qora (Midnight Black) va kompaniyaga xos «feruza-binafsharang» (Aurora Bluye) taqdim etilgan. Qora talqini qat’iy, biroq an’anaviy ko‘rinsa, ko‘k ranglisi qiziqarliroqdek, biroq uning yorqinligi hammaga ham yoqmasligi mumkin.

Old panelining pastki qismidagi kompaniya logotipi olib tashlangan, bu yerda faqatgina old kamera ob’yektivi va uning ustida bilinar-bilinmas ingichka so‘zlashuv karnayini ko‘rish mumkin. Yon tomonda yoqish va tovush balandligini o‘zgartirish uchun mexanik tugmachalar mavjud. Chap yon tomon har qanday elementdan holi - SIM-karta bo‘lmachasi yuqorida joylashgan.

Ostki qismida microUSB tuynugi, suhbatlashish mikrofoni va multimediya karnayi mavjud.

Huavei P Smart hajmi odatdagidek – 155.2 x 73.4 x 7.95 mm, vazni esa 160 gramm – oltin o‘rtalik. Romlarining ensizligi hisobiga yanada ixchamroq ko‘rinadi, qo‘lga yaxshi joylashadi, biroq oynali korpusga ega har qanday smartfonda bo‘lgani kabi bir oz silliq – himoya g‘ilofini olish foydadan holi bo‘lmaydi. Asosiy kameralar orqa korpusning chetidaligi bois barmoq izi skaneri yuqoriroqqa joylashtirilgan va smartfon egasi uni oson topa oladi.

Ekran

Huavei P Smart 2019 smartfoni 6,2 dyuym diagonalli IPS ekraniga ega bo‘lib, hajm jihatdan avvalgi modeldan yarim dyuymga kattaroq. Tomonlar mutanosibligi 19,5:9, piksellar sig‘imi - 1080x2340 (piksellar zichligi – bir dyuymga 416 piksel), bu juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, uning matritsasi TFT-LCD IPS texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan; ekran old panelning taxminan 82,8 foizini egallaydi.

Yuqorida aytilganidek, ekranda tomchisimon qirqim bo‘lib, sozlamalar orqali ekranning yuqori qismini qora chiziq bilan «bekitish» mumkin. Displey sozlamalarini ikki xil – «oddiy» va «boyitilgan» rejimlarga o‘tkazsa bo‘ladi.

Eng yuqori yorug‘lik 330 kd/m² bo‘lib, ko‘chada bir oz xiralashadi, biroq ma’lumolarni bemalol farqlasa bo‘ladi. Eng kam yorug‘lik darajasi esa 1,4 kd/m², ya’ni qop-qorong‘u muhitda smartfondan ko‘zni zo‘riqtirmasdan foydalanish mumkin.

Umuman olganda, ekran yaxshi taassurot qoldiradi – bunday sifatdagi tasvirlarni qimmatroq uskunalarda ko‘rish mumkin.

Protsessor va samaradorlik

Huavei P Smart 2019 smartfonida Kirin 710 (4 yadroli Cortex-A73 - 2,2 GGs va 4 yadroli Cortex-A53  1,7 GGs gacha, GPU — Mali-G51 MP4) protsessori qo‘llanilgan. Samaradorlik bo‘yicha u Qualcomm Snapdragon 636/660 bilan tenglasha oladi. Kirin 710 har qanday kundalik vazifalar uchun yetib-ortadi, interfeys muammosiz va tez ishlaydi. Antutu Benchmark testida smartfonning qariyb 130 000 ball olganining o‘zi ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Tezkor xotirasi 3 GB, doimiy xotira esa 32 GB bo‘lib, 512 GB gacha hajmli microSD xotira kartasini o‘rnatish mumkin (ikkinchi nanoSIM o‘rniga joylashtiriladi).

Vi-Fi 802.11 b/g/n, Bluyetooth 4.2 simsiz interfeyslariga qo‘shimcha ravishda, aptX HD ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Avvalgi P Smart modelidagi kabi NFC mavjud bo‘lib, Android Pay yoki banklarning mobil ilovalari yordamida aloqasiz to‘lovlar uchun smartfondan foydalanish mumkin.

Uskunaning multimediya imkoniyatlari o‘rtacha, ya’ni ushbu narx diapazoni uchun unchalik ham qoniqarli emas, deya baholanmoqda. Bitta chaqiriq (kirish qo‘ng‘iroqlari uchun) karnayi bo‘lib,  uning tovush balandligi va sifati qoniqarli.

Dasturiy platforma

Huavei P Smart 2019 EMUI 9.0.1. proshivkali Android 9 OD boshqaruvi ostida ishlaydi. Ko‘rinishidan u sakkizinchi talqindan unchalik farq qilmadi, biroq dasturchilar navigatsiyani soddalashtirishga harakat qilgan: jumladan, interfeys elementlari 10 foizga kamaygan. Shuningdek, o‘z dizayni, qulay qidiruv va energiyani tejash bo‘yicha foydali funsiyalari bilan ham ajralib turadi.

Kameralar

Avvalgi modelda bo‘lgani kabi, Huavei P Smart 2019 ham ikkita old kamera (13 Mp + 2 Mp) va 8 Mp sensorli old kameraga ega bo‘ldi. Asosiy kameraning ikkinchi moduli portretlarni tasvirga olinda orqa fonni xiralashtirish vazifasini bajaradi.

Tasvirlar sifati ushbu narx diapazoni uchun to‘la mos keladi: kunduz kunlari ancha yaxshi, bino ichida va tunda – unchalik yaxshi emas. Aperturaning f1.8 ekani ushbu sinfga mansub smartfonlar uchun juda yaxshi ko‘rsatkich.

Uskuna yordamida FullHD 60 FPS sifatda videoga olish mumkin, hatto tunda ham kadrlar soni kamaymaydi.

Avtonomlik (quvvat)

Smartfonning olinmaydigan akkumulyatori sig‘imi 3400 mAs. Bu quvvat bilan 8 soat video tomosha qilish, 6 soat o‘yin o‘ynash mumkin.

Smartfon komplektida 5V/2A quvvatlash uskunasi bo‘lib, uning yordamida 2 soatu 35 daqiqada akkumulyator to‘ldiriladi.

Eng yaqin raqobatchisi: Redmi Note 7. U tashqi ko‘rinishdan ham, texnik jihatlari bilan ham Huavei P Smart 2019 bilan juda o‘xshash.

Xulosa: Zamonaviy dizayn, tomchisimon qirqimli ekran, Kirin 710 chipi, NFC – P Smart safidagi yangi model narxiga qaraganda juda maqbul smartfon.

Xulosa

0балл

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 1 650 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.