Huawei P11 hatto iPhone X egalarining ham havasini keltiradi!

  •   DiMaX
  •  3158
  •  28.12.2017 15:47

Huawei P11 hatto iPhone X egalarining ham havasini keltiradi!

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilar orasida Huawei eng tez rivojlanib borayotgan kompaniyalardan biridir. Oxirgi ikki yil davomida u dunyodagi eng yirik smartfonsozlarning kuchli beshtaligiga kirib oldi, ammo bu bilangina to‘xtab qolgani yo‘q. 2018 yilning boshida bu korporatsiya o‘zining Huawei P11 flagmanini namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

Weibo tarmog‘ida hali taqdim etilmagan Huawei P11 flagmani suratlari tarqaldi. Ularni mobil qurilmalar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi bitta kompaniya e’lon qilgan. To‘g‘ri, rasmlarda smartfonning faqat old tomoni aks ettirilgan, ammo shuning o‘zi ham unga qoyil qolish uchun asos bo‘la oladi.

Ko‘rib turganingizdek, Huawei’ning navbatdagi flagmani ajoyib ko‘rinishga ega. Unga qarab barchaning, hatto iPhone X sohiblarining ham havasi kelishi tayin. Qiziq jihati – Apple roppa-rosa uch yil mobaynida ishlab chiqqan dizaynni xitoyliklar yarim yildan kamroq vaqt ichida nusxalab, xuddi yubiley ayfoniga o‘xshash ajoyib smartfon ishlab chiqarishdi.

Huawei P11 tashqi ko‘rinishi jihatidan, yoki kamida old tomoni iPhone X’ga juda-juda o‘xshash. Uning ekrani yuqori qismida ham xuddi yubiley ayfonidagi kabi «o‘yiq» bor. Bu yerda turli datchiklar joylashtiriladi, ulardan biri Face ID yuz skaneri bo‘ladi. Garchi shu paytgacha bu texnologiya bo‘yicha ham «olmali» korporatsiyaning superflagmaniga o‘xshash smartfon yaratishga urinishlar bo‘layotgan esa-da, buni chinakamiga dastlab Huawei uddalamoqda.

O‘QING: Video: Huawei yuzni tanish tizimi Apple’nikidan tezkor chiqdi!

Xitoylik kompaniyaning bu flagmani asosiy kamerasi uchta sensorga ega dunyoda birinchi smartfon bo‘layotganligi bilan ham e’tiborga loyiq. Uning WMC 2018 tadbirida namoyish etilishi kutilayotir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!