Huawei P11 (P20) taqdimot sanasi va joyi tasdiqlandi, ammo bu MWC 2018 emas!

  •   DiMaX
  •  1523
  •  01.02.2018 15:34

Huawei P11 (P20) taqdimot sanasi va joyi tasdiqlandi, ammo bu  MWC  2018 emas!

Xitoylik texnogigant Huawei o‘zining yangi flagman smartfonini bu yilgi Mobile World Congress ko‘rgazmasida namoyish etmoqchi emas. Bu haqda GizChina nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Huawei P11 hatto iPhone X egalarining ham havasini keltiradi!

Buning o‘rniga, Huawei kompaniyasi 27 mart kuni alohida matbuot anjumani o‘tkazmoqchi ekanini ma’lum qildi. Parijda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda u o‘zining navbatdagi flagman smartfonlarini taqdim etmoqchi.

Ammo yangi turkumdagi smartfonlarning qanday nomlanishi hozirgacha aniq ma’lum emas. Taniqli insayder Roland Kuandt (Roland Quandt) ta’kidlashicha, ishlab chiqaruvchi ularni Huawei P20, P20 Plus va P20 Lite deb nomlamoqchi. Biroq Huawei saytida allaqachon Huawei P11 savdo markasi qayd etilgan.

O‘QING: Huawei P11 hamda P12 smartfonlari ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida ko‘rinish berdi

Yangi flagmanning asosiy o‘ziga xosligi uchta datchikka ega, 40 megapikselli asosiy kamerasi bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, u xuddi kupertinolik gigantning yubiley ayfonidagi kabi, «kemtik»li ekranga ham ega bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Uch modulli kameraga ega Huawei P11 X videosi chiqdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!