Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

Yorqin ekran hamda displey ustidagi nafis ishlangan "qosh-ko‘z" — bu smartfonning o‘ziga xosligi. Ustiga-ustak yangi flagmanga davrimizning neyronli hisoblash tizimiga ega bo‘lgan ilg‘or "aqlli" chiplaridan biri o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, qadim nemis firmasi bo‘lmish Leica ijodiga mansub kameralar jahonda noyob. Gadjetning tezkor quvvat ta’minoti tizimi ham yomon emas. Android tizimining o‘zlashtirilgan so‘nggi tizimiga asoslangan boshqaruv ham ayni muddao. Xullas quyidagi tavsifda yangi, ixcham flagman bo‘lmish Huawei P20 modelini kashf qilamiz.

Samsung va Apple kompaniyalaridan so‘ng jahonning uchinchi raqamli yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Huawei kompaniyasi Parijda taqdim etgan "R" turkumiga mansub P20 hamda P20 Pro flagman apparatlari "sun’iy intellekt" tizimi, kameralari bilan ko‘pchilikni maftun qildi. P20 Pro modelidan bir oz kichik o‘lchamli R20 ham suratkash smartfonlar sirasiga kiradi. Shu bilan birga, u P20 Pro'dan korpusning himoyalanganlik darajasi, tezkor xotira sig‘imi, batareya sig‘imi hamda boshqa jihatlari bilan bir oz orqada.

O‘qing: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!


Huawei P20: texnik jihatlar
Model raqami: EML-L29S
Operatsion tizim: Android 8.1.0 (Oreo) ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.1 talqini;
Protsessor: 8 yadroli HiSilicon Kirin 970 protsessori, (4 ta yadro ARM Cortex-A73, 2,36 GGs + 4 yadro ARM Cortex-A53, 1,8 GGs), i7 yordamchi chipi, neyronli hisoblash NPU (Neural Network Processing Unit) moduli;
Grafik-tasvir chipi: ARM Mali-G72 MP12;
Operativ xotira: 4 GB (LPDDR4X)
Ma’lumotlar uchun doimiy xotira: 128 GB (UFS 2.1);
Interfeyslar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2,4 GGs + 5 GGs), Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.2 LE, USB Type-C (USB 2.0, OTG) quvvatlash/ma’lumot almashish uchun, NFC;
Ekran: sensor, RGBW, 5.8 dyuym diagonalli, 2244x1080 (18,7:9) pikselli, yorug‘lik miqdori 770 nit, har dyuymda 428 ppi;
Bosh kamera: matritsa — 12 MP (RGB, f/1.8) + 20 MP (B/W, f/1.6), avtofokus (fazali, lazerli, kontrastli), qo‘sh tusli qo‘sh fotochaqnoq, 720p@960 fps, gibridli zum;
Old kamera: matritsa 24 MP, apertura f/2.0, belgilanuvchi fokus;
Aloqa tarmoqlari: 2G, 3G (HSPA+, 42 Mbit/s.gacha), LTE Cat. 13 (400 Mbit/s.gacha);
SIM-kart: qo‘sh SIM karta;
Navigatsiya: GPS/GLONASS/BDS, A-GPS;
Sensorlar: akselerometr, giroskop, kompas, magnitometr, barometr, yorug‘lik datchigi hamda oraliq-masofa datchigi, barmoq izi skaneri;
Batareya: ajralmas, litiy-polimer, 3 400 mA*soat, Huawei SuperCharge (4,5 V/5 A) tezkor quvvat olish funksiyasi;
Korpus: changdan himoyalangan (IP53);
Korpus rangi: qora, ko‘k;
O‘lchamlari: 149,1x70,8x7,65 mm;
Vazni: 165 gramm.

Huawei P20: dizayn, ergonomika

Ajdodi — R10 modelidan farqli ravishda, R20 metall va shisha uyg‘unligidagi "sendvich" uslubidagi korpusga ega bo‘lgan.

Smartfon jozibador va hashamdor ko‘rinish kasb etgan. Yaxshi va yomon tomonlari bor.

Birinchidan, korpus sirg‘anchiq va kaftdan kutilmaganda tushib ketishi mumkin. Ikkinchidan, shisha barmoq iziga o‘ch bo‘ladi. Uchinchidan, kichik tirnalishlar ham flagman tashqi ko‘rinishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Smartfon old paneliga himoya shishasini torttirgan ma’qul. Orqa panelni himoya qilish uchun esa kompaniya silikonli klip-keysni taqdim qilgan.

Umuman olganda, qayrilma metall romli korpus dizayni hamda shishador orqa panel bizga iPhone X flagmanini eslatib yuboradi.

Yuqori model — P20 Pro flagmani suv ostida ikki soat "jon saqlasa", R20 bor-yo‘g‘i IP5X standarti bo‘yicha changdan hamda tomchidan himoya qilingan.


Displey ostidan barmoq izi skaneri o‘rnatilgan tugma o‘rin egallagan. Sensor yuza esa tizim navigatsiyasini boshqarishga xizmat qiladi.

Korpusning o‘ng yonida ovozni boshqarish uchun uzunchoq tugma hamda o‘chirib-yoqish tugmasi bor. Shuningdek, qizil xolli tugma blokirovka uchun kerak bo‘ladi.

Kopusning chap yonida ikki xonalik bo‘lmacha bo‘lib, nanoSIM (4FF) karta uchun mo‘ljallangan.

USB Type-C (USB 2.0 interfeysini qo‘llab-quvvatlaydi) korpus quyisida joylashgan. Uning atrofida esa dinamik va suhbat mikrofonining panjarasi bor. USB Type-C orqali audio-aksessuarlarni ham smartfonga ulash mumkin.

Tomda esa faqat qo‘shimcha mikrofon tuynugi bor. Ya’ni, smartfonda an’anaviy 3,5 mm hajmidagi konnektor ko‘zda tutilmagan.

Orqa paneldagi foto-modul vertikal holatda, chaproqqa joylashtirilgan. Bir oz quyida ikki tusli svetodiod mavjud.

R20 smartfonini bir qo‘lda boshqarish mumkin.

Huawei P20: ekran

Avvalgi modellardan P20 AMOLED-displeyga ega bo‘lgani bilan ham ajralib turadi. 5,8 dyuymli RGBW ekran "FullView" (tomonlar nisbati 18,7:9) uslubida tayyorlangan.

Ekranning piksellar sig‘imi FullHD+ (2244x1080 belgi) bo‘lib, har dyuymda 428 ta piksel mavjud. Aytish joizki, RGBW-matritsada har bir RGB-yacheykada oq tus uchun qo‘shimcha subpiksel qo‘shiladi. Bu esa rang-tasvir uzatishni yaxshilab, quvvatni kamroq iste’mol qilishiga zamin yaratadi. Natijada, ekran sifati OLED-panel kabi bo‘ladi. Taqdimotda ham R20 modelining displeyidagi maksimal yorqinlik 770 nitga yetishi, u bu borada iPhone X flagmanidan 23% ilg‘or ekani aytildi.

AnTuTu Tester natijalariga ko‘ra, ekranning sensor sig‘imi bir vaqtning o‘zida o‘nta zarbni qabul qiladi. Yorug‘lik darajasini "avto" rejimda yoki qo‘lda sozlash mumkin.

Shuningdek, sozlamalar orqali Full HD+ (2244x1080 pikselli) sig‘imni nisbatan quyiroq – HD+ (1496x720 pikselli) qilish mumkin.

Huawei P20 modelining ekran imkoniyatlari yuqori, bir qancha funksiya va qulayliklar ko‘zda tutilgan.

Huawei P20: kameralar

DxOMark kompaniyasi sinovlarida P20 Pro kamerasi fotosurat olishda 114 ballni qo‘lga kiritgan. Huawei P20 ham bo‘sh kelmadi -- 102 ball va reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun aytamiz, jahondagi biror smartfon kamerasi hali 102 ballni qo‘lga kiritmagan edi.

Huawei P20 Galaxy S9+ flagmanidan 3 ball, Google Pixel 2 flagmanidan 4 ball, Mate 10 Pro, iPhone X, hamda Mi MIX 2S smartfonlaridan 5 ball oldinda.

P20 modelida "akasi"dagi kabi 40 megapikselli va manzarani 5 karra yaqinlashtiruvchi sensor o‘rnatilmagan bo‘lsa ham, Huawei uni eng yaxshi kamera modullari va imkoniyatlar bilan qurollantirgan.

Huawei P20 va Huawei P20 Pro olgan suratlar

P20 detallarni yaxshi va tabiiy muhrlaydi, ranglarning yorqinligi saqlanadi, "shovqin" miqdori kamayadi. Shu bilan birga, smartfondagi avtofokus tizimlari takomillashgan. Ayniqsa, orqa fonni g‘ira-shira qilish rejimi diqqatga sazovor.

Bosh kameraning birinchi moduli 12 megapikselli rangli, ikkinchi moduli 20 megapikselli monoxrom surat oladi. f/1.6 hamda f/1.8 standartli yorug‘lik taqsimlovchi sensorlar chindan ham ilg‘or. Shuningdek bosh sensor olgan suratning piksel o‘lchami 1,55 mkm (Galaxy S9+ yoki iPhone X'dan ham katta) ga yetadi. 4D avtofokus, lazerli, fazali hamda kontrastli fokuslar, manzara qa’rini o‘lchaydigan funksiyalar sifatli suratni ta’minlaydi. Rangli suratlarning sig‘imi 3968x2976 belgigacha yetadi (12 MP, 4:3), oq-qora suratlar sig‘imi 20 MP – 5120x3840 belgiga yetadi.

24 megapikselli datchik o‘rnatilgan old kameraga keng burchakli ob’yektiv o‘rnatilgan. Unda ham orqa fon g‘ira-shira qilingan portret olish mumkin. Shu bilan birga, "sun’iy ong" kameralarga yuqori imkoniyatlarni tortiq qiladi. Ayniqsa, "studiya effekti" foydalanuvchilarni xursand qiladi.

P20 modelining P20 Pro'dan farqi — 40 Mp aniqligidagi kamera moduli yo‘q. Ya’ni, unda faqat 2 karralik zum tatbiq qilingan. iPhone X, Samsung Galaxy Note 8 va boshqalar kabi.

Old foto-modul HD (1280x720 belgi) sig‘imli, har sekundda 30 kadrli video olsa, bosh kamerada Full HD (1980x1080) sig‘imli, kadr chastotasi sekundiga 60 tani tashkil qilgan video tasvirga oladi.

4K (3840x2160 belgi) sig‘imli video suratga olish ham mumkin. Sekinlashtirilgan, har sekundida 960 ta kadrdan iborat video davomiyligi 8 sekund (30 fps) davom etishi mumkin.

Kameralar ham funksiya va imkoniyatlarga boy. Smartfon bu borada sizni xrsand qiladi.

Quyida P20 modelida olingan suratlarga diqqat qiling.

Huawei P20: ovoz
R20 modelida stereodinamik yo‘q. Shunga qaramasdan ishlab chiqaruvchining "Musiqa" ilovasi ovozni yetkazishda yuqori sifatga tayanadi.

Dolby Atmos texnologiyasi media mahsulotni "Aqlli", "Film" va "Musiqa" formatlarida namoyish qilishni tavsiya etadi.

Huawei P20: samaradorlik

Devaysdagi protsessor Kirin 970 bo‘lib, u ilk marotaba Huawei Mate 10 Pro modeliga o‘rnatilgan. Bu chip tasvirga olish chog‘ida "sun’iy aql" texnologiyasidan foydalanadi. Benchmarklarda bu chip Qualcomm Snapdragon 845 kabi yuqori ball to‘plamagan bo‘lsa ham, aslida foydalanuvchi uchun zarur samaradorlikni ta’minlaydi.

"Sun’iy aql" texnologiyasi evaziga chipset tezkor ishlaydi, mustaqil ravishda o‘z imkoniyatlarini kengaytiradi. "Mashinali o‘rganish" funksiyasi yordamida smartfon o‘zini-o‘zi o‘qitadi. Misol uchun, internetsiz ham ob’yektlarni taniydi, matnlarni bir nechta tilga tarjima qiladi, foydalanuvchining savollariga javob beradi.

R20 uchun 4 GB sig‘imli tezkor xotira tanlangan. Doimiy xotira esa 128 Gb.

Huawei P20: "quvvat toshi"

Huawei P20 modelida 3400 mA soat tok sig‘imiga ega batareya o‘rnatilgan. Bu sig‘im smartfonga bir yarim yoki ikki kun ishlashiga bemalol yetadi.

Huawei SuperCharge yordamida o‘rtacha bir soatda uni to‘liq quvvatlash mumkin.
AnTuTu Tester natijalariga ko‘ra, quvvat ta’minoit tizimi bo‘yicha smartfon 8 070 ball to‘plagan. "To‘la bak" bilan R20 smartfonida 13 soat 3G-tarmog‘ida suhbatlashish, 16 soat internetda "sayr qilish" yoki 75 soat musiqa tinglash, 16 soat video ko‘rish mumkin.

Xulosa
Huawei kompaniyasining bu smartfoni bosh kamera imkoniyatlari bilan xaridorgir bo‘lmoqda. Uning boshqa jihatlari ham diqqatga sazovor. Kuchli protsessor, 24 MP aniqligidagi old kamera, intellektual funksiyalar ...

Zamonaviy trenddagi hashamdor korpus Huawei R20 modeliga hasham bersa, sifatli ekran bilan u yanada jozibador. Huawei SuperCharge, NFC interfeysi, yap-yangi Android 8.1 tizimi -- Huawei R20'ning kuchli jihatlari.

Huawei R20 korpusining kuchli himoya tizimiga ega bo‘lmagani, microSD bo‘lmachasining yo‘qligi, 3,5 mm o‘lchamli audio tuynuk yo‘qligi kim uchundir kamchilikdar.

Narxidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Huawei R20 Suchun jiddiy raqib o‘zidan bir oz qimmat amsung Galaxy S9 yoki bir oz arzon OnePlus 5T bo‘lishi mumkin. Bu devayslar Qualcomm Snapdragon 835 protsessori yoki kattaroq tezkor xotirasi bilan ajralib turadi.
Ammo Huawei R20 kamerafon sifatida ularni "yer tishlatadi".

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 999 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!