Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

  •   DiMaX
  •  1119
  •  09.02.2018 13:09

Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

Xitoylik texnogigantning Huawei P20 turkumiga mansub smartfonlari MWC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilmasligi haqidagi mish-mishlar bundan bir hafta oldin tarqalgan edi. Endi esa buning isbotlovchi dalil chiqdi – kompaniya o‘zining navbatdagi matbuot anjumaniga taklifnoma tarqata boshladi.

O‘QING: Huawei P11 (P20) taqdimot sanasi va joyi tasdiqlandi, ammo bu MWC 2018 emas!

Huawei taklifnomasiga ko‘ra, u joriy yilning 27 mart kuni Parijda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur tadbirda deyarli yarim yildan buyon kutilayotgan Huawei P20, P20 Plus hamda P20 Lite modellaridan iborat yangi smartfonlar turkumi rasman namoyish etilishi ehtimoli yuqori.

Huawei P20 hamda P20 Plus devayslari uchta datchikni o‘z ichiga olgan asosiy kameraga ega bo‘lishi aytilib kelayotir. Huawei tarqatgan taklifnomada ham bunga ishora qiluvchi ikkita unsur mavjud. Avvalo, tasvir fonida yarim shaffof tusda uchta halqa tushirilgan. Qolaversa, taklifnoma matni ichida, «see mooore with AI» jumlasidagi ikkinchi so‘zda bitta yoki hatto ikkita ham emas, balki naq uchta «o» mavjud.

Tabiiyki, mazkur kameraning faoliyatini sun’iy idrok tizimi to‘ldiradi va yaxshilaydi. Yana shunisi ham borki, mazkur modellar Huawei P20 yoki Huawei P11 deb nomlanishi hanuz aniq emas.

Xabarga ko‘ra, ushbu matbuot anjumani Parijdagi yirik madaniyat va ko‘rgazmalar markazi sifatida tanilgan Katta saroy (Grand Palais) binosida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Muhtasham Huawei P20: uch modulli kameraga ega flagmanning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.