Huawei P9: «qo‘sh ko‘z»li kuchli smartfonning jihatlari va narx-navosi   

Huawei P9: «qo‘sh ko‘z»li kuchli smartfonning jihatlari va narx-navosi   

Xitoylik Oppomart nashri tomonidan Huawei taqdim qilishni reja qilgan navbatdagi smartfonlar haqida ma’lumotlar tarqatildi.

9 aprelda namoyish etish rejalashtirilgan gadjetlar ro‘yxatida P9 hamda uning planshet talqinlari – P9 Max hamda ixchamroq varianti  P9 Lite mavjud.

Ushbu ma’lumotlarda Huawei P9‘ning Full HD formatidagi, 5,2 dyuym diagonalli AMOLED-displeyiga ega bo‘lishi aytilmoqda.

GSMArena nashrida yozilishicha gadjet displeyining o‘zida alohida operatsion tizim bo‘lib, u gadjetning kam quvvat yeyishiga xizmat qiladi.

P9 8 yadroli Huawei Kirin 950 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 32 Gb qo‘shimcha xotira bilan “qurollantiriladi”.

Smartfonning 12-MP bosh kamerasi qo‘sh ob’yektiv va optik barqarorlashtirish tizimiga, lazerli avtofokus hamda qo‘sh fotochaqnoqqa ega bo‘ladi. Smartfonning 5-MP old sensorli kamerasi bo‘ladi.

Akkumulyator sig‘imi 3000 mAs bo‘lishi aytilmoqda.

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydigan gadjet 2 ta SIM-kartani, LTE aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei’ning ushbu smartfonlariga alyuminiy “libos” – korpus kiydiriladi. Korpusning qalinligi 6,4 mm bo‘lar ekan. Solishtirish uchun aytamiz, Samsung Galaxy S7 smartfonining korpus qalinligi 7,9 mm.

Huawei P9 bozorga 500 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

P9 Max plansheti 6,2 dyuym diagonalli QHD (2560×1440) ekranga, Kirin 955 protsessori, 4 Gb tezkor xotira, 64 Gb qo‘shimcha xotira, 12-Mp orqa kamera, 8 Mp old kameraga ega bo‘ladi.

Qurilmaning akkumulyatori 3000 mAs. Korpus qalinligi Huawei P9 kabi 6,4 mm. Apparat  Android 6.0 Marshmallow tizimida ishlaydi. Uning taxminiy narxi 700 dollar bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Huawei P9 Lite bu uchlik orasidagi eng arzon gadjet 5-dyuymli diagonal, 1920×1080 piksel sig‘imli displeyga, 12-Mp qo‘sh ob’yektiv va optik barqarorlashtirish tizimiga ega kameraga, 5-Mp old kameraga ega bo‘ladi. Smartfon Qualcomm Snapdragon 650 protsessori, 2 Gb tezkor xotira 16 Gb qo‘shimcha xotira, sig‘imi 2500 mAs akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, u 2 SIM-karta va 4G LTE aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Sotuvda mazkur gadjetning 300 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.