Huawei qoronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga zarur gadjetlar taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  793
  •  17.03.2020 17:49

Huawei qoronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga zarur gadjetlar taqdim etdi

Hozir koronavirusga qarshi kurashishni nazoratga olish va samarali ish olib borishda, uning oldini olishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish dolzarb vazifadir. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu ishga jiddiy yondashmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonning «Koronavirus info» kanalini Telegram rasman tasdiqladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi Huawei kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda koronavirusning oldini olishda AKT-texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida bir qator kelushuvlar amalga oshirilmoqda.

Kelishuvlarga ko‘ra Huawei kompaniyasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida o‘rnatilgan bir nechta teplovizor kameralarni hamda ratsiya va bodi-kameralarni taqdim etdi. Yaqin orada Xitoyning yetakchi klinikalari bilan tajriba almashish va koronavirus tarqalishining oldini olishda optimal yo‘lni tanlash maqsadida videokonferens-aloqani o‘rnatish va yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘QING: Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!