Huawei qo‘sh kamerali planshet taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  830
  •  23.05.2018 15:40

Huawei qo‘sh kamerali planshet taqdim etdi

Smartfonlarni qo‘shaloq asosiy kamera bilan jihozlash urfga kirayotgan paytda Huawei naq uchta modulli kameraga ega P20 Pro modelini taqdim etganidan xabaringiz bor. Xitoylik texnogigant bu bilan ham to‘xtab qolmadi va kutilmaganda qo‘sh kameraga ega planshet ham chiqardi.

O‘QING: MWC 2018: Huawei ilg‘or planshetofonlarni taqdim qildi

Huawei dtab Compact d-02K deb nomlangan yangi planshetning bosh kamerasi 2 + 13 megapiksellik ikkita ob’yektivga ega. Uning  old kamerasi esa 8 megapikselli selfilar olishga qodir.

Bu gadjet diagonaliga 8 dyuymlik, 1920x1200 pikselli ekran bilan ta’minlangan. Huawei unga o‘z ishlanmasi – Kirin 659 protsessorini o‘rnatgan va u 3 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi. Planshetning doimiy xotirasi 32 gigabayt hajmga ega, unga yana microSD formatli xotira kartasi ham o‘rnatish mumkin.

Huawei dtab Compact d-02K korpusi IP6X standartiga ko‘ra nam va changdan himoyalangan, akkumulyatori 4980 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Android Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi devaysning «Uyga» tugmachasiga barmoq izi skaneri tatbiq etilgan. Shuningdek, mazkur planshet Harman/Kardon audiotizimi bilan jihozlangan.

«Qo‘shko‘z» Huawei planshetini joriy yilning yozida Docomo aloqa operatori sotuvga qo‘yadi. Uning narxi va tarqatilish hududi borasida ma’lumotlar yo‘q. Lekin faqat Xitoyda sotilgan taqdirda ham, ehtimol, onlayn savdo platformalari orqali unga buyurtma berish imkoni tug‘ilsa kerak.

Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!