Huawei smart-soatga patent oldi: simsiz quloqchinga joy ham bor

  •   Saroy
  •  987
  •  04.07.2018 16:01

Huawei smart-soatga patent oldi: simsiz quloqchinga joy ham bor

Huawei «aqlli» soatiga patent rasmiylashtirdi, unda  Bluetooth-quloqchinni ham o‘rnatsa bo‘ladi.  Aksessuarni soat korpusida ham saqlasa bo‘ladi remenida. 

Patent chizmalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, xitoyliklarda simsiz garniturani ixcham joylashtirishning bir necha varianti bor. Birinchi variantda quloqchin o‘zi uchun soatning shoxlarida joy topadi  yoki remenning  maxsus joyiga  o‘rnatiladi. Ikkinchi variantda esa, remenga maxsus qopqoqli kichkina keys mahkamlanadi. Ixcham quti magnitli mustahkamlagichda turadi. 

O‘QING:Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Huawei’ning bo‘lajak smart-soatlaridagi quloqchinlari  shovqin bosuvchi va suvdan himoyalagich texnologiyasi bilan ta’minlangan. Bluetooth-garnitura qo‘ng‘iroqlarni ham qabul qiladi, ovozni balandlatish va boshqa muhim vazifalarni ham bajaradi.  Faqat qurilmaning qachon sotuvga chiqishi hozircha ma’lum qilinmayapti.

O‘QING:Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!