Huawei smartfonlarni 10 daqiqada quvvatlovchi texnologiyani namoyish etdi (video)

  •   DiMaX
  •  1032
  •  20.01.2018 10:46

Huawei smartfonlarni 10 daqiqada quvvatlovchi texnologiyani namoyish etdi (video)

Xitoyning yirik texnologik kompaniyalaridan biri bo‘lmish Huawei akkumulyatorlarni quvvatlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqdi. Uning vositasida 3000 mA/soat sig‘imli batareyani atigi 5 daqiqa ichida quvvatga to‘ldirish mumkin. Bu – quvvat olish tezligi bo‘yicha ayni damda yetakchi bo‘lgan OnePlus 5T ko‘rsatkichlaridan 10 baravarga tezkor, deganidir!

O‘QING: 2017 yilning eng tezkor quvvat oluvchi flagmanlari aniqlandi

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, quvvatlashning bunday o‘ta tezkor usuli akkumulyatorga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu – tezkor quvvatlash funksiyasiga ega smartfon batareyalarining muddatidan oldin eskirib qolishi muammosi endi o‘tmishda qoladi, deganidir. Uning o‘rniga yanada takomillashtirilgan Huawei texnologiyasi kirib keladi.

Xitoylik gigant ushbu ishlanmasi haqida tayyorlagan videolavhasini o‘zining rasmiy YouTube-kanaliga ham joylagan. Marhamat, tomosha qiling:

Huawei tezkor quvvatlashning yangi texnologiyasini joriy yilning 26 fevralidan 1 martigacha Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida rasman taqdim etishi kutilmoqda. Ehtimol, u kompaniyaning flagman smartfoni – Huawei P20 bilan birgalikda namoyish etilar. Mish-mishlarga ko‘ra, bu afsonaviy smartfon 40 megapikselli, uchta ob’yektivli bosh kameraga hamda romsiz displeyga ega bo‘ladi.

O‘QING: Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi