Huawei uchta smart-kolonka taklif etmoqda

  •   Saroy
  •  865
  •  07.07.2018 11:48

Huawei uchta smart-kolonka taklif etmoqda

Yevropa patent byurosi Xitoy kommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqarish giganti Huawei’ning uchta “aqlli” kolonkasi uchun bergan patent buyurtmasini tasdiqladi.

Bo‘lajak gadjetlar smart speaker toifasiga kiritildi va Huawei Halo, Huawei AI Cube va Huawei Inter Home nomlariga ega bo‘ldi. Ushbu smart-devayslar haqidagi bayonnomada smart-funksiyali dinamik, marshrutizatorlar, ovoz ko‘targich va ovozli yordamchi qayd etilgan. Qurilma haqida boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan. 

O‘QING:Huawaei Honor 10’ ning oddiy va arzon versiyasini sotuvga chiqarmoqda

Nomiga qarab aytish mumkinki, Huawei Inter Home murakkab uy tizimiga aylanadi, Huawei Halo — gadjetning standart versiyasi,  Huawei AI Cube esa anchayin qimmat va funksiyalarga ham boy bo‘ladi. Yangi mahsulot qachon chiqarilishi haqida  hozircha jimlik saqlanmoqda. Lekin Huawei bu loyihani cho‘zib yubormasa kerak, zero kompaniya haligacha birorta ham bunday gadjet chiqargani yo‘q. Raqobatchilar esa “aqlli” kolonkalarning ikkinchi yoki uchinchi avlodini omma e’tiboriga havola etishga ulgurishgan.

O‘QING:Huawei navbatdagi flagmanini 15 mayda taqdim etadi