Huawei o‘z virtual reallik shlemini namoyish qildi

Huawei o‘z virtual reallik shlemini namoyish qildi

Xitoyda yaqindagina o‘zining yangi flagman smartfonlari taqdimotini o‘tkazgan Huawei kompaniyasi ko‘pchilik uchun kutilmaganda Huawei VR virtual voqelik shlemini namoyish qildi. Janubiy koreyalik raqobatchisi Samsung Gear VR kabi gadjetda smartfonga ulangan ekrandan foydalaniladi. U uchta smartfon modeli: Huawei P9, P9 Plus va Mate 8 bilan birgalikda ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha ravishda boshqa ko‘plab bepul qiziqarli kontentlarni va’da qilmoqda.

Huawei VR`da foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatining o‘ziga xosliklariga moslashish sozlamalari mavjud. Ko‘rish burchagi esa 95 darajani tashkil etadi (Gear VR`da 96 daraja). Gadjet qurilma qobig‘i (korpusi)ning o‘ng yonidagi sensor paneli orqali boshqariladi. Ko‘zning zo‘riqish darajasini pasaytirish uchun ko‘k yorug‘lik filtri o‘rnatilgan. Kompaniya qurilmalari Full HD displeylari bilan ta’minlanishiga qaramasdan, shlemdagi tasvirlar tiniqligi Samsung`ning Gear VR uskunasinikidan bir oz ortda qoladi.

Foydalanuvchi qutisidan 4 mingdan ziyodroq filmlar o‘rin olgan bo‘lsa ham OAV ularning bir qismigina VR-videolardan iborat ekanini iddao qilmoqda. Shuningdek, 40 ta bepul o‘yin, 350 panorama tasvirlari va 150 virtual sayohatlar bepul taqdim etiladi. Huawei VR narxi haqida ishlab chiqaruvchi ma’lum qilgani yo‘q, ilk mahsulotlar 2016 yilning “joriy mavsumi”da xaridorlar qo‘liga yetib borishi kutilmoqda.

Yangi Huawei P9 flagmani to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni saytimizga joylashtirilgan quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.

Manba: Engadget

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!