Huawei yana bir kuchli smartfonni taqdim qildi
Londonda o‘tgan tantanali marosimda Huawei kompaniyasi rasman Honor View 10 smartfonini taqdim qildi. Honor V10 nomi bilan ham tanilgan devays 5,99 dyuymli, 2160 x 1080 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 standartidagi, old panelni deyarli egallab olgan displeyga ega bo‘lgan.
Honor View 10 "aqlli telefoni"ga xos boshqa jihatlar qatorida Kirin 970 (Huawei Mate 10 va Mate 10 Pro) ilg‘or chipni, Mali-G72 video-kartasi, 6 Gb operativ hamda 128 Gb doimiy xotirani keltirish mumkin.
Bosh kamera 20 Mp va 16 Mp (f/1.8, fazali avtofokus) sensorlardan tarkib topan. Shuningdek, 13 megapikselli old kamera, old paneldagi barmoq izi skaneri, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2, USB Type-C porti, sig‘imi 3750 mA soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan smartfon yanada kuchli.
Mobil aloqa vositasi qadoqdayoq firma o‘zlashtirgan Android 8.0 Oreo operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.
Honor View 10 8 yanvardan boshla, 580 AQSh dollaridan jahon bozorlariga sotuvga chiqariladi.