Hukumat endi Face ID ma’lumotlarini ham talab qilmoqda!

Hukumat endi Face ID ma’lumotlarini ham talab qilmoqda!

Agar Xitoy fuqarosi bo‘lsangiz va yangi telefoningizni telekom operatorlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, hukumatning yangi talabini bajarishingiz kerak. Bu haqda Android Authority sayti xabar bermoqda.

Yangi qurilmangizni ro‘yxatga olishi uchun telekommunikatsiya operatoriga yuz biometrik ma’lumotingizni taqdim qilishingiz kerak. Operator esa bu ma’lumotlarni hukumatga uzatadi.

Mobil operator yuzingizni ro‘yxatdan o‘tkazayotganda, ko‘zingizni yumuq holda tutib turishingini yoki boshingizni yon tomonlarga harakatlantirishingizni so‘rashi ham mumkin (yuzni to‘liq skanerlash maqsadida). Mazkur jarayondan olingan ma’lumotlar hukumatga tegishli fuqarolar ma’lumotlari bazasidagi sizning shaxsiy jildingizga biriktirib qo‘yiladi.

Yuz ma’lumotlarini taqdim qilishga doir ushbu yangi majburiyatdan maqsad internet foydalanuvchilarining shaxsini aniqlashdir. Hozirgacha, Xitoy fuqarolari operator xizmatiga ulanayotganda yoki hukumatga qarashli Weibo ijtimoiy tarmog‘idan ro‘yxatdan o‘tayotganda faqat shaxsiy ID'sini taqdim qilishlari kerak bo‘lgan. Endilikda esa yuz biometrik ma’lumotlari ham so‘raladi.

Mamlakat hukumati sentyabr oyidagi xabarida ushbu majburiyat haqida "internetdan foydalanayotgan fuqarolarning manfaat va qonuniy huquqlarini himoya qilish", deb izoh bergan edi. Xuddi o‘sha bayonotnomada hukumat fuqarolarni "... nazorat qilish va kuzatishda .... davom et"ishi, "hamda telefonlar foydalanuvchilarining real vaqtda ro‘yxatdan o‘tishini boshqarish jiddiy qo‘llab-quvvatlan"ishi yozilgan.

Olingan yuz ma’lumotlari fuqarolarni kuzatib borish maqsadlarida ishlatilishi mumkin. Mamlakatda sun’iy ong va yuzni tanish texnologiyalari fuqarolar xatti-harakatlarini kuzatib borishda allaqachon qo‘llanilishni boshlagan.

Hukumatning bu harakati butun dunyo ahlining Xitoyga bo‘lgan shunha-gumonlari avjiga chiqqan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Gongkongda davom etayotgan namoyishlar, Huawei'ga qarshi qayta-qayta qo‘yilayotgan ayblovlar va hattoki Vinni Puhning senzura qilinishi mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi ham siyosiy, ham iqtisodiy obro‘siga putur yetkazgan va yetkazib kelmoqda.

O‘QING: DIQQAT: O‘zbekistonda telefon sotib olsangiz, IMEI-kod uchun siz pul to‘lamaysiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!