HUMO bankomatlari orqali Mastercard kartalaridan naqd pul yechish yo‘lga qo‘yildi

HUMO bankomatlari orqali Mastercard kartalaridan naqd pul yechish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston aholisi va xorijiy mehmonlarga Mastercard xalqaro kartalaridan mablag‘larni milliy valyutada yechib olish joriy etildi. O‘zbekiston shaharlarida o‘rnatilgan HUMO bankomatlari fuqarolar va sayyohlarga 24/7 xizmat ko‘rsatadi.  

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) Mastercard kartalari egalariga mablag‘larini HUMO bankomatlarida milliy valyutada yechib olish joriy etdi. Mablag‘lar Mastercard xalqaro to‘lov tizimi tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha  yechib olinadi.

«Biz Mastercard bilan barcha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunlab va bu xalqaro tizimni HUMO bankomatlariga integratsiyalab, endi mamlakatimiz aholisi va mehmonlarida naqd pullarini nafaqat HUMO va VISA kartalaridan, balki Mastercard kartalaridan ham yechib olish imkoniyati borligini xabar qilishdan xursandmiz. Xalqaro kartalardan milliy valyutadagi mablag‘larni bemalol naqd pul shaklida yechib olish   – mamlakat qanchalik «tourist-friendly» ekanligining muhim ko‘rsatkichlaridan  biri.  Keyinchalik biz Visa va Mastercard  kartalarining egalari  uchun to‘lovlarni HUMO terminal tarmog‘ida qabul qilishni joriy qilish niyatidamiz», –  deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.  

«Bizning mijozlarimiz uchun bunday imkoniyatning berilishi, so‘zsiz, bizning O‘zbekiston bilan hamkorligimizda oldinga tashlangan muhim qadam hisoblanadi. Naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish nafaqat mamlakatdagi turizm sohasini yaxshilashga yordam beradi, balki O‘zbekiston fuqarolari uchun ham qulaylik yaratadi. Biz MBPM bilan shunday  samarali hamkorlik qilishdan xursandmiz», – qo‘shimcha qildi Mastercard ning Gruziya va Markaziy Osiyodagi Bosh direktori Igor Stepanov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 avgustidan HUMO bankomatlari Visa xalqaro kartalarini qabul qila boshladi. 500 dan ortiq HUMO bankomatlari HUMO, Visa va Mastercard kartalari egalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bankomatdan milliy valyutada naqd mablag‘larni berish uchun komissiya  bankning o‘zi tomonidan belgilanadi, kurs esa bevosita karta egasining to‘lov tizimi bilan belgilanadi. HUMO bankomatlari  sayyohlar ko‘p bo‘ladigan shaharlardagi yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar yaqinidagi 24/7 punktlarida joylashgan.

O‘QING: 250 dan ortiq HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qila boshladi