ICTExpo ko‘rgazmasida Beeline stendi ikki yil mobaynida eng innovatsion stend deb tan olinmoqda

ICTExpo ko‘rgazmasida Beeline stendi ikki yil mobaynida eng innovatsion stend deb tan olinmoqda

Beeline aloqa operatori ICTExpo 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi natijalarini e’lon qiladi. Yilning asosiy voqeasidan so‘ng kompaniya AKT sohasi tashkilotchilaridan «Eng innovatsion stend uchun» nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.

Voqeani izohlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: «Biz Beeline‘ning innovatsion yetakchiligini qayta-qayta yuksak va obro‘li darajada tasdiqlanayotganidan juda mamnunmiz. AKT haftasi yana bir bor o‘zining kuchli energiyasi, dinamikasi va istisnosiz barcha ishtirokchilarni jalb etishi bilan ajablantirdi va ilhomlantirdi. Ushbu uch kun mobaynida o‘z faoliyati va ishtiroki bilan bayram muhitini yaratishga yordam berganlarga minnatdorchilik bildiramiz!”

Eslatib o‘tamiz, ICTWeek 2017 maydonchasida Beeline ilk marotaba VEON ilovasi joriy etilishini e’lon qildi. Telekom-biznesdan IT-kompaniyaga bo‘lgan transformatsiyaning ushbu bosqichida, VEON foydalanuvchilar uchun noyob smart digital-yechimlarni taqdim etishga va joriy qilishga mo‘ljallangan. Interaktiv tizer va VEON platformasini e’lon qilishdan tashqari, kompaniya bir vaqtning o‘zida virtual voqeilik tizimida o‘tgan shou-tanlovlarni ham o‘tkazdi. Stendning har bir mehmoni sovg‘alarga ega bo‘ldi.

Batafsil ma’lumot va fotosuratlar – http://www.facebook.com/beeline.uz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!