ICTWEEK Uzbekistan haftaligi start oldi: siz ham ishtirok eting!

ICTWEEK Uzbekistan haftaligi start oldi: siz ham ishtirok eting!

Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida ICTWEEK Uzbekistan 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Haftalik tashkiliy qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari vakillariga loyihaning maqsadi, tadbirlar hamda kutilayotgan natijalar xususida ma’lumot berdi.

18-22 sentyabr kunlari Toshkent shahrida tashkil etilayotgan "ICTWEEK-2017" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi O‘zbekiston IT-sohasining yirik an’anaviy voqeasi hisoblanib, sohaning qator yo‘nalishlaridagi tadbirlarni yagona formatda jam qilgani bilan ahamiyatlidir.

2004 yildan boshlab o‘tkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan haftaligi doirasida axborot texnologiyalariga oid Sammit hamda Forum, 3 kunlik Ko‘rgazma, shuningdek, ixtisoslashgan tadbirlar, taqdimotlar, aksiyalar va muhokamalar soha islohotlarini sarhisob qilish, xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida natijalarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olish, aholini soha yangiliklari bilan tanishtirishda yirik voqea hisoblanadi.

Haftalik tadbirlari bilan tanishing:

ICTWEEK UZBEKISTAN 2017 DASTURI 

18 SENTABR

19 SENTABR

20 SENTABR

21 SENTABR

22 SENTABR

Matbuot-anjumani

XBM, “Toshkent” zali

(15:00-16:00)

ICTEXPO

«O‘zekspomarkaz» MKM ning №1- va №5-pavilonlari

(Birinchi kun – 14:00-18:00, qolgan kunlari – 9:00-18:00)

Tantanali yopilish marosimi

 

 

ICTSUMMIT

 «O‘zekspomarkaz» MKM Konferens-zali

(9:30-13:00)

ICTFORUM*

«O‘zekspomarkaz» MKM Konferens-zali

(9:30-18:00)

Ko‘rgazma ishtirokchilarining taqdimotlari

«O‘zekspomarkaz» MKM ning №5-paviloni

(9:30-18:00)

Central Asia Robotics Challenge

«O‘zekspomarkaz» MKM ning atriumi

(birinchi kun – 14:00-18:00, boshqa kunlar – 9:00-18:00)

CIOSUMMIT

«O‘zekspomarkaz» MKM Konferens-zali

(14:30-17:30)

 

Yuqori darajali aloqa sohasida axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik jamiyatining Ishchi guruh majlisi

XBM, “Navoiy” zali

(9:30-17:00)

XEI ning hududiy seminar-treningi

XBM, “Navoiy” zali

(9:30-17:00)

Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotinig xalqaro anjumani

XBM, “Navoiy” zali

(22.09-23.09, 9:30-17:00)

 

*ICTFORUM 2017’NING MAVZULAR BO‘YIChA BO‘LIMLARI 

20 SENTABR

E-GOVERNMENT UZBEKISTAN («O‘zekspomarkaz» MKM, Konferens-zal. Vaqti: 9:30-13:30)

MOLIYAVIY JABHADA RAQAMLAShTIRISh ( «O‘zekspomarkaz» MKM, Konferens-zal. Vaqti: 14:30-18:30)

21 SENTABR

AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI INFRATUZILMASI ( «O‘zekspomarkaz» MKM, Konferens-zal. Vaqti: 9:30-13:30)

AXBOROT XAVFSIZLIGI ( «O‘zekspomarkaz» MKM, Konferens-zal. Vaqti: 14:30-18:30)

2015 yildan boshlab tadbirlarni tashkil qilishda tatbiq qilib kelingan format joriy yilda tubdan o‘zgardi. Yangicha uslub Haftalik tadbirlarining tuzilishini takomillashtirish va samarali tashkil qilish, jumladan ham ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar uchun qulaylashtirishni ko‘zlaydi. Shu maqsadda bu yil barcha tadbirlar «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi hududida o‘tkazilmoqda. Qulay joylashuv, zamonaviy ko‘rgazma jihozlari, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish bir hafatlik yirik loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishda qo‘l keladi.

Joriy yilda AKT Haftaligini tashkil etishda hukumatning alohida ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi ko‘rsatildi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilning 5 iyulida qaror imzolanib, mas’ul tashkilotlarning ishtiroki belgilab berildi. Qaror axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi hamda dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish, mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy qilishning imkoniyat va afzalliklarini namoyish qilish, shuningdek sohani rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari Haftalik yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob yo‘lladilar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.