IFA 2019'da taqdim qilingan eng yaxshi smartfonlarning beshtasi bilan tanishing

IFA 2019'da taqdim qilingan eng yaxshi smartfonlarning beshtasi bilan tanishing

IFA 2019 ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetgan ekan, demak, endi yilning eng katta texnovoqeasidagi taqdimotlarni yaxshilab ko‘zdan kechirib chiqish vaqti keldi. Berlinda o‘tkazilgan ko‘rgazmada Samsung, Nokia va Motorola kabi yirik kompaniyalar bir necha yangi smartfonlarini taqdim qildi va ilk marotaba besh oy oldin paydo bo‘lgan buklamafonlar ham ko‘rinish berdi.

IFA 2019 taqdimotlarining juda katta qismini arzon narxli smartfonlar tashkil etdi. O‘tkazilgan ko‘rgazma MWC (asosan smartfonlarga ixtisoslashgan yillik shou-ko‘rgazma) emas edi, shuning uchun ham yuqori toifa qurilamlari namoyishi kutilmagandi ham.

Kuzning ilk kunlarida bo‘lib o‘tgan ulkan voqeada taqdim qilingan aqlli telefonlarning sizga manzur bo‘ladiganlari ro‘yxatini quyida keltirib o‘tamiz.

Samsung Galaxy A90 5G

Samsung'ning bu qurilmasi 5G'da ishlovchi ilk arzonroq toifa smartfonlardandir. Arzon emas, arzonroq; har holda, boshqa aksariyat 5G mobillarga nisbatan arzonroq.

Aloqa imkoniyatlaridan tashqari Galaxy A90 5G yuqori sifatli Super AMOLED displey, 4 500 mA/soat sig‘imli akkumulyator, asosiy ob’yektivi 48 megapiksel bo‘lgan uchta kamera moduli bilan jihozlangan.

Bu gadjetni yaqin kelajak uchun ko‘z ostingizga olib qo‘ysangiz arziydi, ayniqsa, 5G telefon uchun qimmat narx to‘lashni xohlamasangiz.

Motorola One Zoom

O‘zining One seriya smartfonlari orqali Motorola o‘rta toifa segmenti ishtiqbozlarini hayratga solish harakatida. Ushbu oilaning eng so‘nggi vakili esa Motorola One Zoom'dir.

To‘rtta kameraga ega (nomidan ham ko‘rinib turganidek, telefoto zum kamerasi ham bor) ushbu smartfon bilan sifatli rasmlar olish imkoni bo‘lishi kerak. Kamera jamlanmasi qatoriga asosiy kamera, optik zum datchigi, o‘ta keng burchakli ob’yektiv hamda sath kamerasi kiradi. Bu bilan turli muhitda ham ko‘ngildagidek tasvir hosil qilish imkoni paydo bo‘ladi.

Bu hali hammasi emas. One Zoom boshqa xususiyatlarga ham ega bo‘lib, One Vision va One Action'larga mos "uka" bo‘la oladi. Bu esa Motorola One seriyasi jiddiy e’tibor qaratishga arzishini isbotlaydi.

Nokia 7.2

Nokia brendining hozirgi egalari bo‘lmish HDM Global'dagilar IFA 2019'da ikkita telefon taqdim qildi. Mana shu bir juft taqdimotdan yaxshirog‘i Nokia 7.2'dir.

Smartfon Nokia mobillari orasida ilk marotaba 48 megapikselli kameraga ega bo‘ldi. Ushbu kamera moduli qurilmani "qoniqarli o‘rta toifa" yorliqli smartfondan jiddiy o‘rta toifa gadjetiga aylantiradi.

Smartfonning boshqa jihatlari o‘rtacha darajada. Lekin Nokia'ning fotografiyaga jiddiy e’tibor qaratayotganini ijobiy baholash kerak.

Sony Xperia 5

Smartfon Sony Xperia 1'ga o‘xshaydi — dizayni va texnik jihatlari deyarli bir xil; lekin Xperia 5 biroz kichikroq.

Smartfonning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi uning narxiga bog‘liq, biroq Motorola bu gadjet uchun qancha so‘rayotganini hozircha bilmaymiz.

LG GBX ThinQ

Smartfonlariga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgan LG muxlislar qiziqishini qayta uyg‘otish uchun yangiliklar yaratishga harakat qilmoqda. Kompaniyaning shu maqsadga qaratilgan loyihalaridan biri ikkita ekranli smartfonlardir.

LG G8X ThinQ ham qo‘sh ekranga ega. Boshqacha qilib, bu smartfonni buklamafon deyish ham mumkin. Demak, endi Samsung yoki Huawei'larning buklamafonalarini kutib o‘tirishga xojat yo‘q.

Umuman olganda, LG'ning ushbu qurilmasi xususiyatlari darajasi turlicha. Masalan, ekran o‘ta zo‘r emas, ikkinchi ekranni ochganingizda dizayni biroz qo‘pol bo‘lishi mumkin. Vaholanki, agar qo‘sh ekran texnologiyasi ommalashsa, LG bu borada yetakchi bo‘lishi aniq.

Xo‘sh, innaykeyin-chi?

Yuqorida sizga qiziq bo‘ladi, deb o‘ylaganimiz beshta smartfonni keltirib o‘tdik. Bulardan tashqari, Nokia 6.2, Moto E6 Plus, TSL Plex'lar ham shu ko‘rgazmadan joy oldi. Agar eng xunuk nom uchun mukofot bo‘lganda, F(x)tec Pro1'ni shu mukofot bilan taqdirlar edik. Bu telefonning o‘ziga xosligi uning ekran ortidan pastga tushuvchi moddiy klaviaturasidir. Agar eski telefonlardagi ushbu jihatni sog‘ingan bo‘lsangiz, bu premium gadjetga e’tibor qaratishingizni maslahat bergan bo‘lardik.

O‘QING: Eng zo‘r Android smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing (2019 yil, kuz)