IIV matbuot kotibi ogohlantiradi: «Tarmoq faollari «ochiqlik» bahonasida e’tibor tortishga intilmoqda»

  •   DiMaX
  •  329
  •  02.03.2021 14:56

IIV matbuot kotibi ogohlantiradi: «Tarmoq faollari «ochiqlik» bahonasida e’tibor tortishga intilmoqda»

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning faollari o‘rtasida o‘zlariga tegishli resurslar orqali bir-birlariga nisbatan haqoratomuz maqolalar yozish, turli tekshirilmagan va nomaqbul ma’lumotlarni tarqatish holatlari ko‘plab uchramoqda. Ushbu holatlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

«Ma’lum qilamizki, Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati doimiy ravishda veb-axborot makonini monitoringini olib boradi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim ijtimoiy tarmoqlarning faollari «ochiqlik» bahonasida, o‘ziga e’tibor jalb qilish, ko‘proq foydalanuvchi yig‘ish, moddiy manfaat va boshqa maqsadlar ortidan qonunchilikda belgilangan normalarni suiiste’mol qilib kelmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarning faollari jamoat nazoratining sub’yektlari hisoblanadi va ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.

Shundan kelib chiqib, barcha ijtimoiy tarmoq faollarini qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, xolislik va beg‘arazlik prinsiplariga qat’iy rioya qilishlariga chaqiramiz.

Qonunchilik talablarini buzgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho beriladi va tegishli chora ko‘riladi», – deya ogohlantirilmoqda internet foydalanuvchilari.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!