Ikki karra mustahkam Gorilla Glass 6 taqdim etildi: u 15 martagacha tushib ketishga dosh beradi!

  •   DiMaX
  •  978
  •  19.07.2018 14:22

Ikki karra mustahkam Gorilla Glass 6 taqdim etildi: u 15 martagacha tushib ketishga dosh beradi!

Corning kompaniyasi gadjetlar ekranini himoyalovchi Gorilla Glass shishasining oltinchi avlodini taqdim etdi. Xabarga ko‘ra, ular ko‘p martalik zarbalarga bardosh beruvchi «mutlaqo yangi material» yaratishni uddalashgan.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 1. Gorilla Glass 5 himoyali Super AMOLED displey (+video)

Testlarning ko‘rsatishicha, Gorilla Glass 6 bir metrlik balandlikdan o‘n besh marta tushib ketishga bardoshlidir. Bu esa uning oldingi avlodi – Gorilla Glass 5’ga nisbatan ikki baravar yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kompozitli shisha mutlaqo boshqa kimyoviy tarkibga ega. Oltinchi avlod himoya shishasining tarkibi mustahkamlik darajasini kimyoviy usulda oshirish imkonini bergan.

Corning kompaniyasiga ko‘ra, uning turli avlod himoya shishalari 45 dan ortiq yirik brendlarning 6 milliarddan oshiq devayslarda qo‘llanmoqda. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga qaraganda, kishilar o‘z smartfonlarini yiliga o‘rtacha 7 marta tushirib yuborishadi. Bularning yarmidan ko‘prog‘ida qurilma bir metrlik balandlikdan tushadi. Demak, nazariy jihatdan Gorilla Glass 6 qoplamali ekranga ega smartfonlar ikki yillik himoyaga ega.

O‘QING: JerryRigEverything eng mustahkam smartfonni e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!