Ikkita sarguzasht o‘yinni 18 maygacha bepul o‘ynashingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  1139
  •  16.05.2020 11:53

Ikkita sarguzasht o‘yinni 18 maygacha bepul o‘ynashingiz mumkin!

Koronavirus pandemiyasi davrida turli o‘yin studiyalari va do‘konlari o‘z tovarlarini bepul tarqatishmoqda. Epic Games esa Metacritic agregatoriga ko‘ra oxirgi o‘n yillikning eng yaxshi o‘yinlarining ikkita reytingga ham kirgan Grand Theft Auto 5’ni tekingaberyapti!

O‘QING: Google Play’dan naq 16 ta o‘yinni bepul olishga ulguring! (tayyor havolalar)

Steam servisi ham dam olish kunlarida ikkita – Conan Exiles hamda Fallout 76 o‘yinlarini geymerlarga vaqtincha bepul taqdim etyapti.

Conan Exiles – sarguzashtli MMORPG-simulyator bo‘lib, Konan-varvar dunyosida yashab qolish talab etiladi. 18 maygacha uni tekinga o‘ynash uchun mazkur havola orqali o‘tasiz. Shuningdek, 25 may sanasigacha mazkur o‘yinning qo‘shimchalari uchun chegirmalar e’lon qilingan.

Steam ushbu dam olish kunlari Fallout 76 o‘yinini ham bepul o‘ynash imkonini berayotir. Uning ham bepullik davri 18 may kuni tugaydi, shungacha o‘ynab qolish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tasiz. Keyin esa, 21 maygacha uni 25 foizlik chegirma bilan o‘ynashda davom etish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.