Ikkita yangi tarif chiqdi: mehmonlaringiz xursand bo‘lishadi!

  •   DiMaX
  •  1233
  •  18.06.2021 16:54

Ikkita yangi tarif chiqdi: mehmonlaringiz xursand bo‘lishadi!

Yozgi ta’til mavsumida O‘zbekistonga kelgan chet ellik mehmonlar Mobiuz’ning qulay tarif rejalariga ulanishlari mumkin. Operator o‘z rasmiy saytida ularga mo‘ljallangan yangi tarif rejalari to‘g‘risida xabar bermoqda.

O‘QING: «Gap Ko‘p» xizmati: tarif rejangizni cheksiz qo‘ng‘iroqlargacha kuchaytiring!

«Roumingdan foydalansammi yoki mahalliy SIM-karta ulab olsammi?» – bu savol odatda boshqa mamlakatga sayohat qilish paytida paydo bo‘ladi. Rouming jozibador va qulay bo‘lgani bilan, ayniqsa, mobil Internet haqida gap ketganda, nisbatan qimmatga tushadi. Eng yaxshi variant – bu mahalliy aloqa operatoriga ulanish va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda eng maqbul tarif rejasini tanlashdir.

Mobiuz mobil aloqa operatori mamlakatimiz mehmonlari, sayyohlik agentliklari, gidlar, mehmonxonalar e’tiboriga yangi – «Tourist SIM 90» va «Tourist SIM 120» tarif rejalarini taklif qiladi. Tariflar katta miqdordagi internet-trafik, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar va boshqa qulayliklarni o‘z ichiga olgan. Taklif faqat joriy yilning 31 avgustigacha amal qiladi.

Xususan, «Tourist SIM 90» bo‘yicha oyiga 90 ming so‘m evaziga 50 ming MB mobil internet, 2 ming daqiqa va SMS xabarlar taqdim etilmoqda.

O‘QING: «Qo‘shimcha!» aksiyasi: bittasini xarid qilib, ikkinchisini bepul oling!

«Tourist SIM 120» tarifining abonent to‘lovi 120 ming so‘m bo‘lib, u 80 ming MB, 3 ming daqiqa va SMS’ni o‘z ichiga olgan.

Ikkala tarif rejasida ham xalqaro yo‘nalishlarga qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi 2,5 ming so‘mdan boshlanadi. Agar zarur bo‘lsa, abonentlar alohida daqiqa va Intenet to‘plamlarini ulashlari mumkin. Tariflarga ulanish juda oson – bor-yo‘g‘i chet el fuqarosi pasporti asl nusxasi va so‘nggi 30 kun ichida O‘zbekiston chegaralarini kesib o‘tganlik haqida qo‘yilgan belgini ko‘rsatish kifoya.

«Mamlakatimizning har bir mehmoni uchun uyali aloqadan foydalanish maksimal darajada qulay bo‘lishiga intilmoqdamiz. Mobiuz’ning eksklyuziv tariflari yozgi sayyohlik mavsumi qizg‘in pallaga kirishi arafasida ishga tushirildi. Natijada, turistik tarif rejalarimiz qatori yanada kengaydi. Aytib o‘tish joizki, bu boradagi lik taklifimizni 2018-yilning mart oyida, mobil operatorlar ichida birinchilardan bo‘lib joriy qilganmiz», – dedi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Ayni paytda Mobiuz’da «Tourist SIM Lite» (3 ming MB, 200 daqiqa va SMS) va «Tourist SIM» (5 ming MB, 400 daqiqa va SMS) turistik tarif rejalari ham amal qilmoqda. Ularga ulanish kompaniya ofislarida hamda tijorat hamkorlarining bir qator savdo shoxobchalarida amalga oshirilmoqda.

O‘QING: Operatorning barcha tariflarida daqiqalar to‘plami oshdi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarmadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!