Ilg‘or MIUI 9'da ishlaydigan 27 ta "Xiaomi" bir ro‘yxatda

Ilg‘or MIUI 9'da ishlaydigan 27 ta

Joriy yilning 26 iyulida Xiaomi kompaniyasi ilg‘or Android Nougat 7.0'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9 proshivkasini taqdim qilgan edi.

Ma’lumot oqimini rejalashtirish va protsessordagi yuklab olishlarni "aqlli taqsimlash" mexanizmining optimallashuvi natijasida bu tizim smartfonga yanada tezkor ishlash imkonini beradi.

MIUI'ning yangi avlodi xotirani avtomatik ravishda tozalaydi va keshni boshqaradi, fragmentatsiyaga qarshi real vaqt rejimida kurashadi, shuningdek unda axborotni himoyalash, simsiz ulanish texnologiyasi mustahkamlangan.

Shuningdek, MIUI 9'da bir vaqtning o‘zida 2 ta ilovadan foydalanish mumkin. Deylik, siz biror messenjerdan muayyan manzilni olasiz. Shu vaqtda sizga "Xarita" ilovasini ochish imkoni beriladi.

MIUI 9'dagi yana bir kutilgan funksiya -- "ko‘p oynali" rejim bo‘ldi. Uning yordamida ekranni 2 ga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2 tadan ziyod ilovadan foydalanish mumkin.

Xiaomi kompaniyasi brendning aksariyat smartfonlari, jumladan Redmi 1 va Xiaomi Mi 2 ham bu ilg‘or jihatlarga ega bo‘ladi va bu borada kompaniya izlanishlar olib bormoqda. Kecha esa Xiaomi kompaniyasi MIUI 9'ning Xiaomi Redmi Note 3, Redmi Note 2 hamda Mi 3 modellari uchun talqini ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, Xiaomi'ning ma’lum qilishicha, bugungi kun holatida quyidagi 27 ta model: Mi 6, Mi Mix 2, Mi Mix, Mi Note 3, Mi Note 2, Mi 5, Mi 5X, Mi 5C, Mi 5S, Mi 5S Plus, Mi Max 2, Mi Max, Mi 4C, Mi 4S, Redmi Note 5A, Redmi Note 4, Redmi Note 4X, Redmi Note 3, Redmi Note 3, Redmi Note 2, Redmi 5, Redmi 5 Plus, Redmi 5A, Redmi 4, Redmi 4X, Redmi 3, Redmi 2 MIUI 9 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

MIUI 9'ni smartfonning proshivka funksiyasi (updater) yoki MIUI forumidan yuklab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!