Ilk partiyasi atigi 37 soniyada sotib tugatilgan smartfon!

  •   DiMaX
  •  2862
  •  30.04.2018 17:43

Ilk partiyasi atigi 37 soniyada sotib tugatilgan smartfon!

Mobil o‘yinlar ishqibozlariga mo‘ljallab ishlab chiqilgan Nubia Red Magic smartfoni yaqinda taqdim etilgan edi. Mydrivers nashrining yozishicha, uning birinchi partiyasi atigi 37 soniyadayoq sotib tugatilgan.

Shuningdek, Nubia Z17S hamda Z18 Mini ham katta talab bilan sotilgan – bu modellarning navbatdagi partiyasi bir necha daqiqada sotilgan.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Xabarga ko‘ra, Nubia Red Magic geymerofonining birinchi partiyasi 10 000 donadan iborat bo‘lgan. Uning ikkinchi partiyasi ertaga – 1 may sanasida savdoga chiqariladi. Uning hajmi aytilmayotir, aftidan, bu partiyada ham 10 000 dona smartfon sotilsa kerak. Shuningdek, ikkinchi partiya ham sanoqli soniyalarda sotib tugatilishini taxmin qilish qiyin emas.

Aytish kerakki, ZTE korporatsiyasining subbrendiga tegishli Nubia Red Magic smartfoni diagonaliga 6 dyuymlik, Full HD+ formatli displey bilan ta’minlangan. Unga 24 va 8 megapikselli kameralar, USB-C porti hamda 3800 mA/soat tok sig‘imiga ega akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfonning «elektron yuragi» – o‘tgan yilgi flagman Qualcomm Snapdragon 835 protsessori. Ushbu «Qizil Jodu» smartfonining 6 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega boshlang‘ich talqini narxi taxminan 400 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan. Bu geymerofonning tezkor xotirasi 8, ichki xotirasi esa 128 gigabaytlik talqini esa taxminan 475 dollar qiymatida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur smartfonning asosiy raqibi – «Qora Akula» geymerofonini ne-ne umidlar bilan xarid qilgan ishqibozlar jiddiy muammoga duch kelishgan. Ishqilib, «Qizil Jodu» ham shunday bo‘lib chiqmasin-da endi...

O‘QING: Eng zo‘r Xiaomi smartfonida ommaviy nuqsonlar chiqa boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!