Ilk suratlari bilan tanishing: Huawei Watch GT aqlli soati va Huawei Band 3e brasleti

  •   Saroy
  •  1171
  •  03.10.2018 10:32

Ilk suratlari bilan tanishing: Huawei Watch GT aqlli soati va Huawei Band 3e brasleti

Huawei aqlli soatlarining uchinchi avlodi haqida e’lon qilishga shoshilmadi. Ammo gap-so‘zlarga ishonadigan bo‘lsak, agar haqiqatan ham qurilma zaryadkasiz ikki hafta ishlaydigan bo‘lsa, demak kutishga arziydi. Mana endi insayder Roland Kvandtning sa’y-harakati tufayli Huawei Watch GT aqlli soati hamda Huawei Band 3e fitnes-bilakuzukni ko‘rib turibmiz.

Yuqorida Huawei Watch GT Classic yoki Fashion (aniq nomini anons arafasida bilib olamiz)  versiyasining kumush korpusi va charm qayish tasvirlangan. Sotuvga shuningdek qora rangdagi  Huawei Watch GT Sport modeli ham chiqadi. Ular faqat dizayni bilan farq qiladi. Soatlar  1.39-dyuymli aylana AMOLED-displey bilan jihozlangan. O‘ng tomonida ikkita katta tugma bor. Ichki xotirasi sig‘imi 4 GB.

Oddiy rejimda 420 mAch sig‘imli akkumulyator qurilmaning 14 kun davomida quvvat olmay ishlashini ta’minlaydi yoki har doim ekran faol ishlab tursa quvvat bir haftaga bemalol yetadi. Agar GPS-moduli qo‘shilsa qurilma uzog‘i bilan 20 soat atrofida ishlay oladi. Bunday natijaga  tejamkor chip hisoblangan Qualcomm Snopdragon Wear 3100 evaziga erishildi. Platforma sifatida esa Wear OS 2.1’dan foydalaniladi.

O‘QING:Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Huawei Watch GT — bu suv o‘tkazmaydigan soatlar toifasidan bo‘lib, uni toqib bemalol cho‘milish, suzish mumkin. Do‘konlarga kirsangiz xaridlar uchun to‘lov   NFC-chip orqali amalga oshiriladi, korpusning teskari tomonida esa yurak urishini ko‘rsatadigan monitor joylashgan.

Insayder ushbu qurilmaning taxminiy narxini ham aytdi: Huawei Watch GT Classic/Fashion 230 dollar atrofida, sport versiyasi esa 200 yevroga baholangan. 

Huawei Band 3e brasleti qisman Honor Band 4 Running Edition’ning takomillashtirilgan versiyasiga o‘xshab ketadi. U ham unchalik katta bo‘lmagan OLED-displey bilan ta’minlangan va uni yugurishni yanayam aniq kuzatish uchun krossovka bog‘ichiga bog‘lab qo‘yish ham mumkin. Ushbu rejimda 77 mAch sig‘imli batareya quvvati  40 soat ishlaydi, oddiy holatda esa, ya’ni shunchaki taqib yurmoqchi bo‘lsangiz bir marta quvvat olgandan keyin 12 kun bemalol ishlab beradi. Pulsni o‘lchaydigani yo‘q. Egiluvchan braslet suv tagida 50 metrgacha chuqurlikda bo‘lsa ham suv o‘tkazmaydi.  Narxi  33 dollar. Qora ranglisidan tashqari, kamida yana bir – qirmizi rangli versiyasi ham chiqadi.

O‘QING:Samsung Gear Fit 2 Pro: sportga oshno etuvchi brasletni xarid qilish uchun 5 sabab

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.