ILMDA INQILOB: Nihoyat, xitoyliklar genetik modifikatsiyali odam yaratishdi!

  •   DiMaX
  •  1658
  •  27.11.2018 15:15

ILMDA INQILOB: Nihoyat, xitoyliklar genetik modifikatsiyali odam yaratishdi!

Xitoylik olimlar CRISPR/Cas9 jihozini qo‘llagan holda, jahondagi ilk genetik modifikatsiyalangan bolalarni dunyoga keltirdi. Bular – Lulu va Nana ismli egizak qizaloqlar bo‘lib, joriy oyning boshida tug‘ilishgan.

O‘QING: Olimlar adashibdi: Yerda hayot qachon paydo bo‘lgani haqida yangi versiya?

Ushbu muhim tajriba insoniyatni OITS kasalligidan qutqarish yo‘lidagi harakatlarning bir qismidir. Ma’lum bo‘lishicha, CCR5 geni kishiga OIV yuqishiga imkon berar ekan. Xitoy olimlari esa homiladan ayni shu genni «o‘chirib qo‘yish»ga erishganlar.

Xabarga ko‘ra, OIV yuqtirgan yettita juftlikning homilalari genetik tizimi «tahrirlangan» – ulardagi CCR5 geni «o‘chirib qo‘yilgan». Ayni damda bunday homiladorlik holatlarining bittasi tug‘ruq bilan yakunlandi. Tajribada ishtirok etayotgan bemorlar o‘z shaxsini oshkor qilishni va intervyu berishni rad etishmoqda.

Ammo jahon olimlari bu tajribaning chindan ham o‘tkazilganiga shubha bilan qarashmoqda. Mazkur ishning tavsifi biror ilmiy jurnalda e’lon qilinmagan, mutaxassislar uni baholashmagan.

O‘QING: Nega bolaning gadjetlar bilan o‘tkazadigan vaqtini cheklash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!