Ilon Mask 3 mingdan ortiq Twitter xodimlarini ishdan bo'shatdi

Ilon Mask 3 mingdan ortiq Twitter xodimlarini ishdan bo'shatdi

Ilon Mask hali Twitter'ni sotib olmasidan avval, agar milliarder kompaniyaga egalik qilsa uning juda ko'plab xodimlarini ishdan bo'shatishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Garchi bu xabarlar keyinchalik rad etilgan bo'lsa ham, bugungi kelib bu sodir bo'lmoqda va hozirda kompaniya xodimlarining yarmi ishdan bo'shatilganligi aytilmoqda.

Kecha, juma kuni ko'plab Twitter xodimlari uyqudan uyg'onishlari bilan ishdan bo'shatilganliklari haqidagi yangilikdan xabar topishdi. Ma'lum bo'lishicha, ularning Twitter elektron pochtalari, hamda, ofisga kirish uchun foydalaniladigan elektron ruxsatnomalari o'chirib qo'yilgan.

Ishdan olinganlarning aniq soni ma'lum emas, biroq so'nggi yangiliklarga ko'ra, Ilon Mask Twitter'ning barcha 7500 ishchilarining yarmini yoxud 3 mingdan ortig'ini o'z lavozimidan ozod qilgan. Milliarder ushbu holatga shunday izoh bergan:

"Twitter ishchi kuchining qisqartirilishiga kelsak, afsuski, kompaniya kuniga 4 million dollardan ko'proq yo'qotayotgan paytda boshqa iloj yo'q".

Ishdan olingan ko'plab xodimlar o'zlarining Twitter sahifalarida #LoveWhereYouWorked, ya'ni "ishlagan joyingni sev" heshtegi ostida o'zlarining ishdan olinganliklari haqida boshqalar uchun xayrlashuv tvitlarini qoldirishgan. Biroq, hamma ham bunga shunchaki ko'z yumib ketmagan. Ishdan bo'shatilgan bir nechta xodimlar tegishli qonunlarga ko'ra Twitter'ni sudga berishgan.

Eslatib o'tish joizki, Ilon Mask ijtimoiy tarmoq kompaniyasini sotib olishi bilan eng birinchi bo'lib uning rahbarlarini ishdan bo'shatgan edi.

O'QING: Tez orada O‘zbekistonda ilk kripto-do‘konlar ochiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!