Ilon Mask salkam 3 milliardlik Twitter ulushini sotib oldi

Ilon Mask salkam 3 milliardlik Twitter ulushini sotib oldi

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask 14-mart kuni o‘zi sevib foydalanadigan ijtimoiy tarmoq - Twitter'ning 73,486,938 ta (9.2%) ulushini $2.89 milliardga sotib olib, kompaniyaning eng katta aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Milliarderning bu investitsiyasidan keyin Twitter aksiyalari 26 foizga ko‘tarildi va bu kompaniyaning so‘nggi 4 yilidagi eng katta kunlik o‘sish bo‘ldi.

Maskning faqat Twitter'da rasmiy sahifasi bor va bo‘lganda ham 80 million atrofidagi obunachilarga ega. Bir haftacha avval u "Twitter so‘z erkinligi tamoyilga qat’iy rioya qilishiga ishonasizmi?" so‘rovnomasini o‘tkazgan edi. Unda 70% odamlar "yo‘q" javobini berishganidan keyin, Mask "Nima qilish kerak?" deya tvit qoldirgan. Ko‘pchilik foydalanuvchilardan milliarderga o‘zining ochiq kodli, kam propogandali yangi ijtimoiy tarmog‘ini yaratish taklifi tushganida, u bu haqida jiddiy o‘ylayotganini aytgan. Shuningdek, ko‘plar unga Twitter'ning o‘zini to‘liq sotib olishni ham taklif qilishgandi.

Ilon Mask salkam 10 foizlik ulush bilan Twitter boshqaruv kengashiga kirishi mumkin, lekin hozircha u bu aksiyalar bilan nima qilishi noma’lum.

O‘QING: Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi(mi?)