Ilon Mask Tesla aksiyasini o‘zi sotib oladigan bo‘ldi

  •   Saroy
  •  954
  •  18.10.2018 13:16

Ilon Mask Tesla aksiyasini  o‘zi sotib oladigan bo‘ldi

Tesla bosh direktori Ilon Mask o‘z kompaniyasining aksiyasini 20 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu reja Tesla kompaniyasi va Ilon Mask o‘rtasidagi sud qarori chiqqandan keyin e’lon qilindi. Ular AQShning birjalar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha Komissiyasiga 40 million dollarlik jarima to‘lashi kerak.

Ilon Mask Tesla aksiyasini aynan qachon sotib olishi hozircha noma’lum. Business Insider’ning xabar berishicha, kompaniya bu haqda izoh bermaydi. Hozirda Ilon Mask 20 foizlik qimmatli qog‘ozlari bilan kompaniyaning asosiy aksiyadori hisoblanadi. Tesla’ning bitta aksiyasi taxminan 280 dollar, shunday ekan,  biznesmen 71428 aksiyani sotib olishi mumkin.

O‘QING:Ilon Mask o‘zining elektr samolyoti konseptini oydinlashtirdi

AQSh qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha Komissiyasining Ilon Maskga e’tiborini qaratishiga, uning «tvitterda» Tesla’ni xususiy kompaniya qilmoqchi ekani haqda bayonot bergani sabab bo‘ldi. Komisiya Ilon Maskning ushbu bayonotini aksiya narxi bilan manipulyasiya qilish, deb hisobladi. Shu bois u va kompaniya katta jarima to‘laydigan bo‘lishdi. Bundan tashqari, Mask endi uch yil mobaynida kompaniyaning direktorlar kengashi raisi ham bo‘la olmaydi.

O‘QING:Ilon Mask kattalar uchun ham Tesla’ning mitti nusxasini taqdim etmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!