Imkoniyati cheklanganlar uchun onlayn tarjimon amaliyotga tadbiq etilmoqda

Imkoniyati cheklanganlar uchun onlayn tarjimon amaliyotga tadbiq etilmoqda

Imkoniyati cheklanganlar huquqlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatish uchun ko‘maklashadigan “Surdo online Uzbekistan” dasturi amaliyotda sinab ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Mazkur dastur hozircha faqat rus tilida ishlaydi. Bunda murojaat qiluvchi planshet orqali o‘z istagini bildiradi. Onlayn tarjimon uning xohish-istaklarini tarjima qilib beradi. 2019 yil davomida mazkur dasturning o‘zbekcha va inglizcha shaklini ham joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Iste’molchi mazkur dastur orqali murojaat qoldirish, uning natijasi bilan tanishishi va huquqiy maslahat olish imkoniga ega. Loyiha imkoniyati cheklangan iste’molchilarning murojaatlari ko‘rib chiqilishida ham qulaylik yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, yurtimizda 30 mingga yaqin gapirish va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar ro‘yxatga olingan. Bu faqat ro‘yxatga olinganlari, xolos. Bundan tashqari, 1 millionga yaqin zaif eshituvchi hamyurtlarimiz ham biz bilan yonma-yon yashaydi.

O‘QING: Instagram ovozli xabar jo‘natish funksiyasini ishga tushirdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!