Inha universitetidagi Security Trends Central Asia 2019 anjumaniga marhamat!

  •   DiMaX
  •  374
  •  10.04.2019 16:33

Inha universitetidagi Security Trends Central Asia 2019 anjumaniga marhamat!

Joriy yilning 23 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Security Trends Central Asia 2019 anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bergan.

O‘QING: Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi

Tadbir davomida Trend Micro Incorporated kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari korxona va tashkilotlar kiberhimoyasining zamonaviy usul va uslublari haqida so‘zlab beradilar hamda sohada mavjud muammolarni muhokama qiladilar.

Anjuman yillik forumga aylantirilishi, davlat tashkilotlari, tijorat kompaniyalari va turli yechimlar ishlanmalari bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida muhokama va munozara maydoniga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu munozarada Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham ishtirok etadilar.

Mazkur tadbir bo‘lg‘usi mutaxassislarning axborot xavfsizligi sohasidagi trendlardan xabardorligini oshirish maqsadida ularni jalb etishga qaratiladi.

Security Trends Central Asia 2019 anjumanida ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilar https://securitytrendsevents.com/tashkent2019#About manzili orqali o‘tishlari zarur.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Kiberxavfsizlikka mas’ul Yaponiya vaziri umrida biror marta kompyuter ishlatib ko‘rmagan ekan!