Insayd: Samsung Galaxy S8 Edge surati ko‘rsatildi

Insayd: Samsung Galaxy S8 Edge surati ko‘rsatildi

Galaxy Note7 bilan sodir bo‘lgan hodisadan keyin, Samsung kompaniyasi navbatdagi flagmanni chiqarish muddatlariga o‘zgartirish qilishi kutilgan edi. Biroq soha insayderlarining fikriga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 flagmani 2017 yilning fevral oyida Barselonada o‘tkaziladigan MWC ko‘rgazmasida taqdim etilishi mumkin, deb xabar bermoqda hi-tech.mail.ru.

Xususan,  Galaxy S8 Edge modelining ilk renderi Xitoyning Weibo mikroblogida e’lon qilingan. Albatta, hozircha buning soxta ma’lumot ekanligi ham istisno qilinmayapti. Rendarda Samsung Galaxy S8 Edge smartfoniga  xuddi avvalgi flagman kabi ikki tomondan Edge  ekran va orqa tarafda ikkita kamera o‘rnatilgan. Eng qizig‘i, model tashqi tarafdan Huawei Mate 9 qurilmasini esga soladi.

Ekran ostidagi Home tugmasi olib tashlangan. Ekran atrofidagi ramkalar yanada ingichkalashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur model Snapdragon 835 protsessorida ishlaydigan ilk flagmanlardan bo‘lishi haqida saytimizda xabar bergan edik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!