Instagram’ga suratlarni kompyuterdan yuklash yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  741
  •  29.10.2018 15:24

Instagram’ga suratlarni kompyuterdan yuklash yo‘li topildi!

Fotosuratlar ishqibozlarining eng sevimli ijtimoiy tarmog‘i Instagram hisoblanadi. 2018 yilning iyunida uning faol foydalanuvchilari soni bir milliarddan oshgan.

O‘QING: Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Ommabopligi bo‘yicha Facebook tarmog‘idan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Instagram’da har kuni «Layk» tugmachasini 4,2 milliard marta bosishadi. Ammo u mobil qurilmalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ijtimoiy tarmoq kompyuterdan (yoki noutbukdan) rasm yuklashga izn bermaydi. Biroq tinib-tinchimagan odamlar buning yo‘lini topishgan va istasangiz, siz ham shunday qilishingiz mumkin.

Buning uchun kompyuteringizdagi odatiy brauzerdan mana bu havola orqali Instagram saytiga kirasiz. Payqaganingizdek, uning interfeysida rasm e’lon qilish tugmachasi yo‘q. Biroq uni chiqarish uchun brauzerning dasturchilarga mo‘ljallangan konsolini ishga tushiramiz. Google Chrome yoki Yandex Browser dasturlarida buning uchun ekrandagi bo‘sh joyga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertish va ochilgan kontekst menyudan «Unsurni tadqiq etish» – «Issledovat element» bandini bosish lozim.

O‘QING: Instagram’da boshqalarga «ko‘rinmasdan» kuzatish mumkin

Keyin esa planshet va smartfon aks ettirilgan belgicha – «Toggle Device Toolbar» tugmachasini bosamiz. Ushbu funksiya sayt ekranining o‘lchamini o‘zgartirish imkonini beradi.

Ekranning yuqori hududida qurilmani tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Istalgan bir smartfonni tanlaymiz va sahifani yangilaymiz.

Shundan so‘ng Instagram sizni saytga mobil qurilmadan kirgan, deb hisoblaydi va rasm e’lon qilish uchun «+» shaklidagi belgichani aks ettiradi. Marhamat, endi unga surat yuklashingiz mumkin!

Bu – ayni damda suratlarni Instagram’ga kompyuter orqali yuklashning juda sodda usulidir. Ammo bu usulda videolavhani yoki bitta postda bir nechta suratlar turkumini e’lon qilib bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da, smartfonni qo‘lga olmasdan, biror rasmni kompyuterning o‘zidanoq yuklash uchun bu juda qulay usul.

O‘QING: Har qanday smartfonda bemalol ishlay oladigan Instagram Lite chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!