Instagram ovozli xabar jo‘natish funksiyasini ishga tushirdi!

Instagram ovozli xabar jo‘natish funksiyasini ishga tushirdi!

Instagram’dan yangilik! Endi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir-birlarining shaxsiy sahifasiga(Direct) va chatlarga ovozli xabar jo‘nata oladilar. Bu haqda Instagram ma’muriyati  o‘zining «Twitter» sahifasida xabar berdi.

Funksiya huddi «WhatsApp»dagi kabi ishlaydi — tugma bosiladi va matn (ya’ni ovoz) yozib olinadi. Ovozli xabar uzunligi hozircha bir daqiqa bilan cheklangan. Xabarni bekor qilish uchun uni «savatchaga tashlash» kifoya.

Hozircha ushbu xizmatdan «iOS» hamda «Android» operatsion tizimidagi qurilmalar foydalanish mumkin.

Картинки по запросу instagram voice message

Ayni vaqtda Instagram’ning ushbu funksiyasidan foydalana olmasligimiz mumkin, ammo tez orada uning “yangilanish”i (Obnovleniya) kutilmoqda. Undan so‘ng Instagram’ning ushbu xizmatidan bemalol foydalansak bo‘ladi.

O‘QING: Barcha Android va iOS-gadjetlar uchun Telegram ilovasi yangilandi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!