Instagram Stories’da endi savol bersangiz bo‘ladi: javob ham olasiz

  •   Saroy
  •  1690
  •  12.07.2018 15:13

Instagram Stories’da endi savol bersangiz bo‘ladi: javob ham olasiz

IiOS va Android uchun Instagram ilovasining yangi versiyasida “tarix” uchun, degan yangi  funksiya paydo bo‘ldi. U interaktiv emodzi-stikerlar bo‘lib, uning yordamida savol berish va savollarga javob qaytarish mumkin bo‘ladi.

“Tarix” muallifiga savol berish uchun, shunchaki stikerni mahkamlab, postni e’lon qilish kerak. Va xabarning o‘zini ham, xabar jo‘natuvchini ham faqat savolni qabul qilgan kishi ko‘ra oladi.

O‘QING:Har qanday smartfonda bemalol ishlay oladigan Instagram Lite chiqdi!

Barcha savollar alohida ro‘yxatga yig‘iladi. Ularning biriga javob berish uchun, shunchaki stikerni bossa bo‘ldi. Lekin bu holatda Instagram savol va unga sizning javobingiz bilan yangi «tarix» yaratadi (boshqa foydalanuvchilar xabar jo‘natuvchining ismini ko‘rmay faqat matnni ko‘radi).

Bunday emodzi-stikerlar tahrir ham qilinadi — rangini, shaklini, o‘lchamini o‘zgartirish mumkin. Bitta “tarixda” savollar miqdori chegaralanmagan.

Bularning barchasi ko‘plab qiziquvchan obunachilari bor bo‘lgan  foydalanuvchilar uchun asqotadi. Masalan, siz ko‘p marta beriladigan savollarni tanlab, ularga javoblarni e’lon qilasiz, buni barcha do‘stlaringiz ko‘radi.

O‘QING:Tez orada Instagram'da sizga manzur bo‘luvchi yangi imkoniyat paydo bo‘ladi

Bundan Instagram’ga ham foyda bo‘ladi, chunki javoblar alohida “tarixda” e’lon qilinadi. Shu yo‘l bilan dasturchilar mazkur xizmat foydalanuvchilarining faolligini oshiradi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!