Instagram Telegram’dagi profillarga havolalarni bloklay boshladi

Instagram Telegram’dagi profillarga havolalarni bloklay boshladi

Instagram foydalanuvchilari endi o‘z profillarida Telegram messenjeridagi akkauntlariga havola bera olmaydi. Bu haqda Telegram messenjeriga tayanib,«RBK» xabar beradi.

Avvalroq WhatsApp ham Telegram’ga havola berishni bloklay boshlagandi.

Telegram messenjeri Twitter’ga joylashtirgan skrinshotdan ma’lum bo‘lishicha, Instagram foydalanuvchilarga o‘z profilida Telegram’dagi akkauntiga havola berish imkonini bermaydi. Bunga izoh sifatida boshqa servislar foydalanuvchilarini qo‘shishni taklif qilish bo‘yicha havolalarni joylashtirish qo‘llab-quvvatlanmasligi bildirilgan.

«WhatsApp’da Telegram’ga havolalar bloklangan holatdagi kabi biz Facebook va Instagram’dan hech qanday izoh yoki ogohlantirish olmadik», — deydi Durov.

Manba: Daryo.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!