Instagram'da statuslar: endi ilovada qisqa xabar qoldirishingiz mumkin

Instagram'da statuslar: endi ilovada qisqa xabar qoldirishingiz mumkin

Meta o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'iga "status"ga o'xshash qisqa xabar qoldirish funksiyasini qo'shdi. Bu maksimal 60 belgigacha bo'lgan harflar va emojilardan tashkil topgan istalgan matn bo'lishi mumkin. Ular ilovaning xabarlar bo'limida siz ham obuna bo'lgan kuzatuvchilaringizga yoki yaqin do'stlaringizga profilingiz ustida ko'rinib turadi. 

Ma'lum bo'lishicha, Instagram "status" xuddi Stories'lar kabi faqat 24 soat turadi. Bu vaqt oralig'ida ushbu xabarni ko'rganlar unga javob qaytarishlari mumkin.

Hozirda ushbu funksiya barcha uchun ochiq bo'lib, undan foydalanish uchun avvaliga smartfoningizdagi Instagram ilovasi oxirgi versiyagacha yangilanganligiga ishonch hosil qiling. Ilovani oching va xabarlar bo'limiga o'ting. U yerda siz eng yuqorida gorizontal joylashgan liniyada profilingiz va uning tepasida "+" tugmasi va tagida "Xabar qoldiring" yozuvini ko'rishingiz mumkin. Tugma ustiga bosing va yangi oynada qoldirmoqchi bo'lgan xabaringizni yozing. Uni kimlar ko'rishi mumkinligini belgilaganingizdan so'ng, yuqori o'ng burchakdagi "Ulashish" tugmasini bosing. Siz ushbu xabarni istalgan vaqt o'zgartirib qo'yishingiz mumkin.

O'QING: Endi Twitter'da "insho yozish" mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!